Azurit
Azurit (frans. L’azur, arab, loju-vard – havo rang tosh, lazur) – mineral. Qattiqligi 3,5–4. S.ogʻ.–3,89. Rangi toʻq koʻk. Monoklin sistemasida taxtacha va prizmalar hosil qilib kristalla-nadi. Koʻpincha kukunsimon uyum holda uchraydi. Oynasimon yaltiraydi. Kislo-talarda uglekislota chiqarib yengil eriydi. Yer ustida misning birlamchi ruda minerali – xalkopirit, bornit, xira rangli rudalar va boshqalarning oksidlanishi hisobiga hosil boʻladi. A. bilan yonma-yon tugʻma mis, malaxit, kuprit, xrizokola va boshqa mis rudalarining oksidlanish zo-nasida uchraydi. A.ning tarkibida mis 55,3%. A. mis olish, toʻtiyo va koʻk rang ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |