Molekulyar massa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Molekulyar massa — kimyoviy birikma molekulasining uglerod birligi (uglerod nuklidi |2S atom massasining ‘/|2 qismi)da ifodalangan massasi, molekulani tashkil qilgan elementlar atom massasi larining yigʻindisi. Baʼzan maʼlum tarkibli turli moddalar aralashmasi uchun ham mol. m. aniqlanadi. Mas, havo, garchi bir qancha gazlar aralashmasidan iborat boʻlsa ham, uning oʻrtacha mol. m. bor. Havoning hisoblab topilgan oʻrtacha mol. m. 29 ga teng . Mol. m. — moddaning asosiy tavsiflaridan biri. U, shuningdek, polimer moddalarning xossalarini belgilovchi asosiy omildir. Mol. m., asosan, bugʻning zichligini oʻlchash orqali, osmotik bosim orqali (Vant—Goff krnuni asosida), bugʻ bosimining tushishi, eritmalarning toza erituvchiga nisbatan muzlash temperaturasi pasayishi (krioskopiya) yoki kaynash temperaturasi koʻtarilishini (ebuli-oskopiya) oʻlchash orqali topiladi. Uchuvchan moddalarning mol. m. mass-spektrometriya usulida, turli birikmalar aralashmasining mol. m. xromatomass-spektrometriya usulida aniqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil