Kontent qismiga oʻtish

Azizjon Komilov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Aziz va familiyasi Komilov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Azizjon Yoqubjonovich Komilov
Tavalludi 19-iyun 1984-yil (1984-06-19) (41 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Azizjon Komilov (1984-yil 19-iyun, Toshkent) – Oʻzbekiston sport funksioneri, 2018-yilda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi[1] prezidenti etib saylangan, 2019-yildan Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda[2].

Azizjon Komilov 1984-yil 19-iyun kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 2004-yilda 103-maktabni, soʻngra Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Kasbi huquqshunos.

2001–2007-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetida tahsil olgan. 2006–2007-yillarda ALM-Feldmans yuridik byurosida huquqshunos lavozimida ishlagan. 2008–2009-yillar AJ „KPMG“ audit kompaniyasi, Moskvadagi vakolatxonasi yetakchi mutaxassisi boʻlgan[3][4][5].

2009–2013-yillarda „Shanghai Epay Info Tech Co., Ltd“ shirkati tijorat direktori, boshqaruv kengashi aʼzosi boʻlgan va 2014–2017-yillarda „New Field Inc“ shirkati bosh direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

2018-yilda „Baykal“ shirkatiga asos solgan.

2019-yildan hozirgi kungacha Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti (rais oʻrinbosari) lavozimida faoliyat yuritmoqda[6]. Uning rahbarligida Toshkentda ilk bor „Katta dubulgʻa“ turkumiga kiruvchi dzyudo musobaqasi oʻtkazilgan. Turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi Olimpiada oʻyinlariga qoʻlga kiritilgan litsenziyalar soni boʻyicha rekordni yangilashga muvaffaq boʻlgan[7].

  1. „Азиз Камилов назначен председателем Федерации дзюдо Узбекистана“ (ru). UzReport.news. 2023-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
  2. Group, Online Service „Поздравляем заместителя председателя НОК Азизжона Камилова!“. www.olympic.uz. 2023-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
  3. Group, Online Service „Поздравляем заместителя председателя НОК Азизжона Камилова!“. olympic.uz. 2023-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
  4. „UJF“. judo.uz. 2023-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
  5. „Заместитель председателя НОК Узбекистана Азизжон Камилов в рамках рабочей поездки посетил Самарканд | UZBEKISTAN TENNIS FEDERATION“. tennis.uz. 2023-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
  6. vika „Председателем федерации дзюдо назначен юрист Азиз Камилов“ (ru-RU). Новости Узбекистана сегодня: nuz.uz (0001-yil 30-noyabr). 2023-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
  7. „Поздравляем заместителя председателя НОК Азизжона Камилова!“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.