Kontent qismiga oʻtish

Aziz Alijonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Aziz va familiyasi Alijonov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Aziz Alijonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aziz Alijonov
Tavallud sanasi 12-iyul 1984-yil (1984-07-12) (41 yosh)
Tavallud joyi Fargʻona, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 175 cm (5 ft 9 in)
Ampluasi Yarim himoyachi, hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Neftchi
Raqami U-21 jamoai murabbiyi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002-2014 Neftchi 197 (18)
2013   Shoʻrtan 11 (0)
Boshqargan klublari
2018—2019 Neftchi U-16
2020—2021 Neftchi U-19
2022 Bunyodkor U-21
2022— Neftchi U-21
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Aziz Alijonov (ruscha: Алиджанов, Азиз, 1984-yil 12-iyul, Fargʻonada tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq futbolchi[1] va futbol murabbiyi. Futbolchilik davrida asosan yarim himoyachi va baʼzi vaqtlar hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aziz Fargʻonadagi bolalar va oʻsmirlar sport internati tarbiyalanuvchisi. Futbolchilik faoliyatini 2002-yilda „Neftchi“ klubida boshlagan. Faoliyatini katta qismi „Neftchi“ jamoasi tarkibida oʻtkazgan. Fargʻona klubi tarkibida Oʻzbekiston Superligasida 197 ta oʻyin oʻtkazib 18 ta gol muallifi boʻlgan. 2013-yilgi mavsum ikkinchi qismida Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasida ijara asosida oʻynagan[2]. 2014-yilda Neftchi jamoasiga qaytgan Aziz yarim mavsum davomida klub tarkibida oʻynagan[3] ammo jaroxati sababli mavsum yakunida faoliyatini yakunlagan.

Neftchi klubi bilan 4 bor Oʻzbekiston Superligasi kumush medallariga,1 bor bronza medallariga erishga. 2005-yilgi Oʻzbekiston Kubogi finaligacha yetib borgan ammao final oʻyinida maydongga tushmagan.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng bir necha mavsum dam oldi va 2017-yilda Neftchi klubi yoshlar tizimida ish boshlagan. 2018-yilgi mavsumda Neftchi U-14 jamoasiga ustozlik qilgan[4]. 2020-yildan Neftchi klubi U-19 jamoasiga ustozlik qila boshlagan[5] 2021-yilgi mavsumda U-19 yoshlar chempionatida uning shogirdlari chempionlikka erishgan[6][7].

2022-yilgi mavsum oldidan Neftchi klubi tark etdi[8] va „Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imzolagan[9][10]. Yarim mavsumdan soʻng „Bunyodkor“ klubi murabbiylar shtabidagi oʻzgarishlar sababli jamoani tark etgan va „Neftchi“ klubiga qaytgan[11][12].