Aysanem Alliyarova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aysanem Joldasbayevna Alliyarova
Tavalludi 20-sentabr 1964-yil (58 yosh)
Тахtakoʻpir tumani, Qoraqalpogʻiston ASSR, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi  SSSR Oʻzbekiston
Kasbi ijtimoiy va siyosiy arbob, senator
Mukofotlari

Aysanem Joldasbayevna Alliyarova (qoraqalpoqcha: Aysanem Joldasbaevna Alliyarova; 1964.20.9, Taxtakoʻpir tumani, Qoraqalpogʻiston ASSR) — jamoat va siyosiy arbob, senator (2015).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aysanem Alliyarova 1964-yil 20-sentyabrda Qoraqalpogʻiston ASSR Taxtakoʻpir tumanida tugʻilgan. Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan. Dastlab kutubxonachi bo‘lib ishlagan. Hozirda Taxtako‘pir tumani hokimining o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlab kelmoqda.

O‘zbekiston Prezidentining 2015-yil 20-yanvardagi farmoni bilan Aysanem Alliyarova senator etib tayinlangan[1], Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi aʼzosi[2].

2014-yilda Aysanem Alliyarova „Do‘stlik“ ordeni bilan taqdirlangan[3].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati aʼzolari ro‘yxati (2015 yildan)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]