Ayrton Senna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ayrton Senna da Silva (1960-yil 21-mart, San-Paulu, Braziliya – 1994-yil 1-may, Bolonya, Italiya) – braziliyalik avtopoygachi, Formula-1 musobaqalarida 3 karra jahon chempioni (1988, 1990, 1991).

Oʻn yillik poygachilik faoliyatida 41 poygada gʻolib boʻlgan. U jurnalistlar tomonidan „yomgʻir odam“ laqabini oladi. Uning poygachilik faoliyatidagi eng yorqin sahifalari 1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshlarini, uning Alen Prost bilan boʻlgan raqobatini oʻz ichiga oladi. U 1994-yilda San Marino gran-prisidagi halokatdan soʻng vafot etadi. Britaniyaning Autosport haftalik nashri tomonidan 2009-yilda oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra, Ayrton Senna Formula-1 tarixidagi eng yaxshi poygachi deb topildi[1] .

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Drivers vote Senna the greatest ever“. Autosport.com. 2019-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-noyabr.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]