Kontent qismiga oʻtish

Ayman Musaxo‘jayeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ayman Musaxoʻjayeva
Tavalludi 15-mart 1958-yil (1958-03-15) (66 yosh)
Janrlar classical music
Kasbi musiqachi
Fuqaroligi Sovet IttifoqiQozogʻiston
Millati qozoq

Ayman Kojabekovna Musaxadjayeva (qozoqcha: Айман Қожабекқызы Мұсақожаева; 1958-yil 15-mart, Olmaota, QSSR) — sovet va qozogʻistonlik skipkachi, musiqashunos pedagog, professor. Musiqa yoʻnalishi yoʻlida amalga oshirgan xizmatlari eʼtoborga olinib, 1998-yilda Qozogʻiston Milliy sanʼat universitetiga rektor etib tayinlangan. Faoliyati davomida koʻplab unvon va eʼtirofga sazovor boʻlib, munosib taqdirlangan.

1986-yilda Qozogʻiston Xalq artisti unvoniga, 1994-yilda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, 2000-yili adabiyot va sanʼat sohasiga qoʻshgan hissasi uchun Qozogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati sovrindori, 2007-yili Ayman Musaxoʻjayeva Qozogʻiston Respublikasi Birinchi Prezidenti – millat yetakchisining tinchlik va taraqqiyot Davlat mukofoti laureati hamda 2014-yili Qozogʻiston Mehnat Qahramoni boʻlgan.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yosh musiqashunosning ota-onasi farzandlarining musiqaga boʻlgan qiziqishlarini inobatga olib, ularni musiqa maktabiga berdi: Raisa Musaxoʻjayevani (skripkaga), Raushan Musaxoʻjayevni (qobizga), Ayman Musaxoʻjayevani (skripkaga) va Baxitjon Musaxoʻjayevni (violonchelga). Oilaning kelib chiqishi xoʻjalarga borib taqaladi.[1]

Yosh Ayman 7 yoshidan boshlab konsertlarda chiqa boshladi. 13 yoshida esa ilk marta orkestr ijrosida Sen-Sansaning „Introduksiya va Rondo kaprichchiozo“sini ijro etdi. Uning noyob isteʼdodini atoqli musiqa maktabi oʻqituvchisi N. M. Patrusheva his qilib, ochib berdi.

U 1975-yil Olmaotadagi Kulyash Bayseitova nomidagi maxsus musiqa maktabini tamomlaydi, 1983-yili P. I. Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasini bitiradi, Rossiya xalq artisti, professor Valeriy Klimov qoʻlostida tahsil oladi.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1983-1990-yillarda Jambul nomidagi Qozogʻiston Davlat filarmoniyasida yakkaxon-instrumentchi boʻlib faoliyat yuritadi. Uning repertuarida – Bax, Gaydn, Motsart, Betxoven, Paganini, Brams, Chaykovskiy, Sibelius asarlari musiqalari, shuningdek, Qozogʻiston bastakorlarining kuylari oʻrin olgan.

1990-yilda Kurmangaz nomidagi Olmaota Davlat konservatoriyasida skripka kafedrasi dotsenti lavozimida, keyinchalik 1993-yili shu kafedraning mudiri, 1997-1998-yillarda torli asboblar kafedrasi mudiri boʻlib ishladi.

Ayman Musaxoʻjayeva 1993-yili „Yakkaxonlar akademiyasi“ga asos soldi va uning badiiy rahbariga aylandi.

Ayni shu yildan yana Chaykovskiy, Mikelanjelo Abbado, A.Yampolskiy nomidagi skripkachilarning Xalqaro tanlovlari hayʼati aʼzosi boʻldi.

1998-yilda Ostonadagi Qozogʻiston milliy musiqa akademiyasini tashkil etdi va rektor boʻlib saylandi (2009-yil 12-oktabrda esa Qozogʻiston milliy sanʼat universitetiga aylandi).

Mukofot va unvonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qator tanlovlar diplomati va laureati:

  • 1976 – Belgrad (Yugoslaviya)dagi Xalqaro tanlovda;
  • 1981 – Genuye (Italiya)dagi Paganini nomidagi Xalqaro tanlovda;
  • 1983 – Tokio (Yaponiya)dagi Xalqaro tanlovda;
  • 1988 – Qozogʻiston Lenin komsomoli mukofoti – yuqori ijro mahorati uchun;
  • 1985 – Xelsinki (Finlandiya)dagi Sibelius nomli Xalqaro tanlovda;
  • 1986 – Moskvadagi Chaykovskiy nomli VIII Xalqaro tanlovda;
  • 1986 – Qozogʻiston xalq artisti;
  • 1988 – Lenin komsomoli mukofoti – yuqori ijro mahorati uchun;
  • 1994 – Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (1994-yil 26-may) – Qozogʻiston Respublikasi Oʻzbekistondagi kunlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishda koʻrsatgan fidokorona mehnati hamda yuksak darajadagi mahorati uchun.[2]
  • 1998-yil – „Ostona“ medali;
  • 1998-yil – YUNESKOning „Tinchlik artisti“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan;
  • 2000-yil – Adabiyot, sanʼat, meʼmorchilik sohasida koʻrsatgan ishi uchun Qozogʻiston Respublikasi davlat mukofoti;
  • 2002-yil – Qozogʻiston homiylari klubi uni „Musiqa“ nominatsiyasida „Platinum Tarlan“ mustaqil mukofoti bilan taqdirladi;
  • 2002-yil – Ayman Musaxoʻjayeva nomi „20-asrning eng yaxshi musiqachilari“ IVS Butunjahon faxriy roʻyxatiga kiritilgan;
  • 2003-yil – „Qozogʻiston Respublikasining faxriy taʼlim xodimi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan;
  • 2007-yil – Ostona shahar faxriy fuqarosi;
  • 2008-yil — Jahon musiqa sanʼati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi, maʼnaviyat, tinchlik va totuvlik, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan faol badiiy ijodi uchun Birinchi Prezidentning Tinchlik va taraqqiyot Davlat mukofoti;[3]
  • 2010-yil – „Doʻstlik“ ordeni (2010 yil 4-noyabr, Rossiya) – Rossiya Federatsiyasi bilan madaniy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, chet davlatlarda rus tili va madaniyatini saqlash, targʻib qilishdagi ulkan hissasi uchun;[4]
  • 2011-yil – „Gloria Artis“ madaniyat sohasidagi xizmatlari uchun medal;[5]
  • 2014-yil – Qozogʻiston Mehnat Qahramoni Otan ordeni bilan (2014-yil 5-dekabrda) – Qozogʻiston Respublikasi ijtimoiy-gumanitar rivojlanishdagi ulkan yutuqlari, faol ijtimoiy faoliyati, madaniyat rivojiga qoʻshgan alohida hissasi uchun.
  • 2018-yil – „Italiya Respublikasi oldidan xizmatlari uchun“ orden;[6]
  • 2018-yil – „Ostonaning 20 yilligi“ medali[7].
  1. Berdali Ospan. Rugʻa bөlіnu kerek pe?
  2. UKAZ PRYeZIDYeNTA RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN O NAGRAJDYeNII GRUPPI UChASTNIKOV DNYeY RYeSPUBLIKI KAZAXSTAN V UZBYeKISTANYe
  3. Глава государства Нурсултан Назарбаев вручил Государственную премию мира и прогресса Первого Президента Республики Казахстан ректору Казахской национальной академии музыки Айман Мусаходжаевой., 2019-09-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-07
  4. Народная артистка Казахстана А. Мусаходжаева Указом Дмитрия Медведева награждена Орденом Дружбы, 2017-05-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-07
  5. Великому Шопену посвящается…, 2019-09-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-07
  6. Prezident Italii udostoil pochetnim ordenom Ayman Musaxodjaevu
  7. Yubileynoy medalyu „Astana 20 let“ nagradili rabotnikov kulturi i sporta
  • Ayman Musaxodjaeva // Kazaxstan. Natsionalnaya ensiklopediya (rus.). – Almati: Qazaq ensiklopediyasi, 2006. – T. IV. – ISBN 9965-9908-6-7. (CC BY-SA 3.0)