Aygʻir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aygʻirvoyaga yetgan ot. A. biyadan koʻra sekinroq oʻsib, kechroq voyaga yetadi. A.ning qarchigʻayi biyanikiga nisbatan 2–3 sm baland, vazni ogʻir, oyoqlari uzun va pishiq, kallasi katta, gavdasi ixchamroq. Nasldor A.lar yilqining sifatini yaxshilashda katta ahamiyatga ega. Naslchilik ishlari uchun A. tanlashda ularning ishchanligi (chopish yoki yuk tortish qobiliyati), jinsiy faolligi, tana tuzilishi va ajdodining sifatlari e’tiborga olinadi. Agar biror A.dan bola olingan boʻlsa, oʻsha A. na-slining sifatiga qarab ham baholanadi. Koʻpchilik A.lardan naslchilik ishlarida gʻunanligidan boshlab foydala-niladi. A. bir mavsumda uyurga qoʻyish usuli qoʻllanganda 25 biyani, qoʻlda qochirish usuli qoʻllanganda 50 biyani qochiradi. Sun’iy urugʻlantirish usuli qoʻllanganda, har bir A.ning mavsumda bergan pushti 500 biyani qochirishga yetadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil