Tanlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tanlash — 1) chorvachilikda — nayelchilikdagi sunʼiy tanlash usullaridan biri; hayvonlarni poda va zot ichidan xoʻjalik va seleksion sifat (tashqi koʻrinish) va va miqdor (tirik vazni, jun va tivit chiqishi va boshqalar) belgilari boʻyicha baholab, nayel olish uchun ajratish; chorva hayvonlarini tanlashda ulardagi seleksion belgilarining asosiylari eʼtiborga olinadi. Mas., qorakoʻl qoʻylarida terining sifati, hisori qoʻylarda vazni, tana shakli, sigirlarda sut sogʻimi va tarkibi, yilqichilikda ot tanasining rivoji va shakli asosiy T. belgilari hisoblanadi.

T. ishlari mollarning yoshligidan olib boriladi va har bir guruh uchun oʻziga xos baholash va T. usullari qoʻllaniladi. Masalan, buqalarni baholash va T. 1bosqichda genotipi, 2bosqichda oʻsish quvvati, rivojlanishi, eksteryeri, urugʻlantirish qobiliyati, 3bosqichda avlodining sifati boʻyicha oʻtkaziladi. Sigirlar eksteryeri kompleks bahosining 40%ni yelin sifat koʻrsatkichlari, 25% ini oyoq va tuyoq shakli, mustahkamligi, 20%ini gavda tuzilishi shakli, 15% ini sutdorlik tipi tashkil etadi.

T.ning samaradorligi populyatsiya soni va uning arealiga, hayvonlarning serpushtligi va mahsuldorligiga, belgilarning nayeldannayelga oʻtish tarzi hamda oʻzgaruvchanligiga, T.ning jadalligi va yoʻnalishiga bogʻliq;2) oʻsimlikshunoslikda — seleksiyaning asosiy usullaridan biri; genetik (qarang Genetika) usullar bilan birga tegishli belgi va xususiyatlarga ega boʻlgan yangi navlar yaratish imkoniyatini beradi. T. oʻsimliklarning hosildorligi, kasalliklar hamda zararkunandalarga chidamlilik va boshqa belgilari boʻyicha tabiiy va sunʼiy usulda olib boriladi. Tabiiy tanlanishaa maʼlum oʻsish sharoitida koʻproq mukammallashgan va shu sharoitga yaxshiroq moslashgan oʻsimliklar yashab qoladi. Sunʼiy T. inson tomonidan olib boriladi. Oʻsimlikshunoslikda T., shuningdek, ekin turi, xoʻjalik belgilari va seleksiya maqsadlariga qarab, 3 xil — yalpi, yakka va klon usulda olib boriladi. Yalpi va yakka T. bir va koʻp martali hamda uzluksiz boʻladi. Yalpi (umumiy) T.da qator belgilari eng yaxshi va bir tipli usimliklar ajratib olinadi. Yakka T.da eng yaxshi oʻsimliklar ajratib olinadi va urugʻlari alohidaalohida paykallarga ekiladi. Har ikki usulda ham oʻsimliklar bir marta yoki koʻp marta ekilishi mumkin. Klon (qarang Klon tanlash) T.da tuganak, qalamcha, ildiz yoki piyozboshlardan foydalanib, yangi navlar yaratish ham mumkin.