Aydınoğulları bekligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Aydınoğulları bekligi
usmonli turkcha: آیدین اوغللری

Flag of None.svg
1308 — 1425


Flag of the Ottoman Empire (1844–1922).svg
Beylik of Aydin Flag.png
Bayroq
1308 айдын.svg
1308-yilda Kichik Osiyodagi bekliklar. * A Trapezund imperiyasi * B Vizantiya imperiyasi * D Kilikiya arman davlati * E Saljuqiylar imperiyasi * 1 Çobanoğulları bekligi * 2 Karamanoğulları bekligi * 3 İnancoğulları * 4 Sâhipataoğulları * 5 Pervâneoğulları * 6 Menteşeoğulları * 7 Eşrefoğulları * 8 Candaroğulları * 9 Karasioğulları * 10 Osmanoğulları * 11 Germiyanoğulları * 12 Hamidoğulları * 13 Saruhanoğulları * 14 Aydınoğulları
Poytaxti Izmir
Selçuk
Birgi
Til(lar)i Turk tili
Dini Islom
Boshqaruv shakli Mutlaq monarxiya
Sulola Aydınoğulları
Bek
 - 1308—1334(ilk) Muharizalsîn Gazi Mehmed Bey
 - 1405—1426 (soʻngi) İzmiroğlu Cüneyd Bey
Tarix
 -  1308 Muharizalsîn Gazi Mehmed Bey beklikka asos soldi.
 -  1390-1402 Usmonlilar imperiyasiga qaram davr
 - 20-iyul 1402 Anqara jangidan soʻng yana beklik mustaqil davlatga aylandi
 -  1426 Beklik Usmonlilar imperiyasi tarkibiga qoʻshib olindi

Aydınoğulları bekligi (usmonli turkcha: آیدین اوغللری, turkcha: Aydınoğulları, Aydın) — 1308-yil Muharizalsîn Gazi Mehmed Bey tomonidan asos solingan va 1426-yilga qadar tarixda oʻz mavjudligini saqlab qolgan Onadoʻlidagi turk bekligi. Ushbu davlatda hukmronlik qilgan sulola Aydınoğulları, davlat esa Aydın deb ham atalgan. Ushbu sulola va davlat oʻz nomini davlatning asoschisi Muharizalsîn Gazi Mehmed Beyning otasi, Saljuqiylar imperiyasi sarkardasi Aydın bek ismidan olgan.

Beklikka asos solinishi va tugatilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Beklikka 1308-yilda Muharizalsîn Gazi Mehmed Bey asos solgan. Beklik Hızıroğlu İsa Bey hukronligidan soʻngra Usmonlilar imperiyasi tarkibiga qoʻshilgan. Anqara jangida Usmonlilar imperiyasining Amir Temurga yengilganidan soʻng, boshqa Onadoʻli bekliklari singari Aydınoğulları ham oʻz mustaqilliklarini qoʻlga kiritganlar. 1426-yil beklik butunlay Usmonlilar imperiyasi tarkibiga qoʻshib olingan.

Beklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

No Bey Hukmronlik yili[1] Izohlar
1 Muharizalsîn Gazi Mehmed Bey 1308-1334 Beklikning asoschisi.
2 Umur Bey 1334-1348
3 Mehmedoğlu Hızır Bey 1348-1360
4 Hızıroğlu İsa Bey 1360-1390 Usmonlilar imperiyasiga qoʻshildi.
Usmonlilar imperiyasi 1390-1402
5 İsaoğlu Musa Bey 1402-1403 Anqara jangidan soʻng beklik mustaqil boʻldi.
6 Musaoğlu II. Umur Bey 1403-1405
7 İzmiroğlu Cüneyd Bey 1405-1426 Usmonlilar imperiyasiga qoʻshildi va beklik butunlay tugatildi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bosworth, Clifford (1996),The new Islamic dynasties: a chronological and genealogical manual, New York: Columbia University Press s. 226