Tanrıbermiş bekligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tanrıbermiş bekligi
turkcha: Tanrıbermiş Beyliği

Byzantine imperial flag, 14th century.svg
1074 — 1098


Byzantine imperial flag, 14th century.svg


Poytaxti Efes
Til(lar)i Turk tili
Dini Islom
Boshqaruv shakli Mutlaq monarxiya
Bek
 - 1074—1098(ilk va soʻngi) Tanrıbermiş
Tarix
 -  1071 Tanrıbermiş Efes shahrini fath etib, beklikka asos soldi
 -  1098 Salibchilar tarafidan bosib olindi

Tanrıbermiş bekligi (turkcha: Tanrıbermiş Beyliği) — gʻarbiy Onadoʻlida XI asrda mavjud boʻlgan kichik va qisqa umrli turk-islom bekligi[1].

1071-yilgi Malazgirt jangidan soʻng, koʻplab turkman beklari singari Onadoʻliga hujumlar uyushtirgan Tanrıbermiş 1074-yilda Vizantiya imperiyasidan Efes shahrini tortib oldi va oʻzini Efes beki deb eʼlon qildi. Uning bekligi hududi Filadelfiya (hozirgi Alashehir) va Efesni oʻz ichiga olgan.

Ammo 1098-yilda Birinchi salib yurishlari davomida Vizantiya va xristianlar qoʻshini qoʻmondoni Aleksis I tomonidan Efes egallanishi bilan beklik ham tugatildi. Turklar taxminan ikki asr davomida, yaʼni Aydınoğulları bekligi davrigacha gʻarbiy Onadoʻluga kira olmadilar. Filadelfiya hududlari turklar tomonidan 1390-yilgacha bosib olinmagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Prof.Yaşar Yücel-Prof Ali Sevim:Türkiye tarihi vol I, AKDTYKTTK Yayınları, 1991, pp 174