Axtem Chiygoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Axtem Chiygoz
Axtem Zaytullayevich Chiygoz
Tavalludi 14-dekabr 1964-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Ukraina bayrogʻi Ukraina
Kasbi Siyosatchi
Turmush oʻrtogʻi Elmira Narimanovna
Mukofotlari

Axtem Zaytullayevich Chiygoz (qrim tatarcha: Ahtem Zeytulla oğlu Çiygöz, ukraincha: Ахтем Зейтуллайович Чийгоз; 14-dekabr 1964-yil, Bulungʻur, Samarqand) – ukrainalik siyosatchisi, Yevropa birdamligi partiyasidan saylangan Oliy Rada deputati. Qrim-tatar xalqi majlisi deputati.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Axtem Chiygoz 1964-yil 14-dekabrda Bulungʻur tumanida tugʻilgan. Onasi – Alie Chiygʻoz (2017-yilda vafot etgan)[1]. Katta akasi siyosatchi Rustem Chiygʻoz (1963-2010)[2]. 1979-yildan 1989-yilgacha oila Kubanda yashagan[3].

1989-yilda oila Qrimga koʻchib oʻtdi. 1991-yilda Axtem Chiygoz Qrim-tatarlarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga saylangan. 1998-yilning iyunidan dekabrigacha Boqchasaroy tumani, Plodovoe qishlogʻidagi „Soyuz VLT“ xususiy korxonasida duradgor boʻlib ishlagan. 2000-yilning may oyidan sentyabrgacha – Boqchasaroy shahridagi koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna ishchisi boʻlgan[4].

2002-yildan 2010-yilgacha – Ukraina Prezidenti huzuridagi Qrim-tatar xalqi vakillari kengashi aʼzosi. 2004-yildan beri Boqchasaroy majlisi raisi[5] . 2004-yil sentyabr oyida Boqchasaroydagi piyodalar oʻtish joyida olti oylik homilador ayol – Svetlana Bondarenkoni urib yuborgan. Olingan jarohatlar natijasida 27 yoshli ayol ikki kundan keyin vafot etgan[6]. 500 dan ortiq shahar aholisi Chiygozga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatishni talab qilib xat imzolagan[7]. Ikki oy oʻtgach, jabrlanuvchining onasi huquq-tartibot idoralari tergov qilmayotganini va unga tahdidlar boʻlganini maʼlum qilgan[8].

2004-yil noyabr oyida Qrim-tatar xalqining IV Qurultoyi delegati boʻlgan[9]. Sariq inqilob davrida Viktor Yushchenkoni qoʻllab-quvvatlagan[10]. Chiygoz va uning tarafdorlari qoʻzgʻatilgan sud ishini oʻziga nisbatan siyosiy taʼqib sifatida baholadilar[11]. 2007-yil 6-noyabrda Ay-Petri platosida joylashgan Chiygoz savdo majmualari buzib tashlandi. Buzib tashlash chogʻida Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan Chiygoz[12][13][14] boshchiligidagi 50 ga yaqin majlis tarafdorlari oʻrtasida toʻqnashuv boʻlgan. 2007-yil dekabr oyida Chiygoz Yalta shahar sudi qarori bilan hibsga olingan[15].

Axtem Chiygoz 2006- va 2010-yillarda Boqchasaroy tuman Kengashi deputati etib saylangan[4]. 2008-yilda Avdet gazetasi bergan[16] maʼlumotlarga koʻra, u Qrim tatarlarining eng nufuzli oʻnta siyosatchilaridan biri boʻlgan. 2010-yilda Qrim Oliy Kengashiga boʻlib oʻtgan saylovlarda u „Rux“ partiyasidan nomzodini qoʻygan, biroq parlament aʼzosi boʻla olmagan[17].

Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko Axtem Chiygozga „Buyuk xizmatlari uchun“ ordenini topshirmoqda. 2017-yil oktyabr

2011-yil oktyabr oyida sud Chiygozni marhum Svetlana Bondarenkoning oilasiga 80 000 grivna tovon puli toʻlashga hukm qildi[18].

2012-yilda Ukraina Oliy Radasiga boʻlib oʻtgan saylovlarda Xrixoriy Grubaga yutqazib, ikkinchi oʻrinni egalladi[19].

2013-yil dekabr oyida u parlament raisining oʻrinbosari[4][19][20] boʻlgan.

Refat Chubarov bilan birgalikda Tatariston rahbariyati bilan uchrashuvda, 2014-yil 26-may

Axtem Chiygoz 2013-yilning qishida yuz bergan Yevromaydon namoyishlarini[2] qoʻllab-quvvatlagan. 2014-yil aprel oyida Qrim prokuraturasi Chiygozga „Ekstremistik faoliyatning oldini olish toʻgʻrisida“ ogohlantirish berdi[21]. FSB Refat Chubarovning yarim orolga kirishini taqiqlaganidan soʻng, Chiygoz Qrimdagi majlis rahbari vazifasini bajardi[22].

2014-yil 26-fevral kuni Qrim parlamenti binosi oldidagi mitingda qatnashgani uchun Chiygoz 2015-yil 29-yanvarda Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 212-moddasi 1-qismini („ommaviy tartibsizliklar tashkil etish“) buzganlikda gumonlanib hibsga olingan. Chiygozga 10 yil qamoq jazosi berilishi eʼlon qilingan[19]. Xalqaro Amnistiya hibsga olishni „Qrimning anneksiya qilinishiga rozi boʻlmaganlarga qarshi yana bir repressiv chora“ deb atadi[23]. „Memorial“ inson huquqlari tashkiloti Chiygozni siyosiy mahbus sifatida tan oldi[24]. Chiygozga qarshi sud 2015-yil 28-dekabrda Simferopolda boshlangan. Uning ishi boʻyicha jami 151 ta sud majlisi oʻtkazilgan[2].

2017-yil 11-sentyabrda Qrim Respublikasi Oliy sudi uni sakkiz yilga ozodlikdan mahrum qildi. Oradan bir oy oʻtib, 25-oktabr kuni Chiygoz va Ilmi Umerovlar qoʻyib yuborilib, Turkiyaga ekstraditsiya qilindi, evaziga u yerda chechen muhojirlarini oʻldirishga tayyorgarlik koʻrganlikda ayblanib hibsga olingan ruslar Aleksandr Smirnov va Yuriy Anisimovlar ozod qilindi[25]. 27-oktyabr Chiygoz va Umerov Kiyevga qaytishgan[19].

2019-yilda Ukraina parlamentiga boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari saylovlarda qatnashdi. Saylov vaqtida oʻzini partiyasiz deb eʼlon qildi. 2019-yil 29-avgustda deputatlik qasamyodini qabul qildi[19]. U Oliy Radaning etnosiyosat, tub xalqlar va milliy ozchiliklar huquqlari boʻyicha quyi qoʻmitasi raisi etib saylangan[26].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Умерла мать Ахтема Чийгоза“ (ru). news.liga.net (2017-yil 2-iyul). Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Чийгоз Ахтем“. LIGA. Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  3. „Чийгоз: Мне говорили: "Ахтем-ага, нам нужен свой Кадыров в Крыму". Предлагали $3 млн. Цифру лично Аксенов озвучил“. gordonua.com. Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Ахтему Чийгозу сьогодні виповнюється 51 рік!“ (uk). QHA. 2020-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  5. „Крымские татары готовятся к осаде бахчисарайского рынка“ (ru). Новый День (2004-yil 28-iyul). Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  6. „Лидер меджлиса убил беременную женщину“ (ru). Новый День (2004-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  7. „Бахчисарайцы требуют суда над лидером районного меджлиса“ (ru). Новый День (2004-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  8. „Мать погибшей девушки заявляет об угрозах со стороны Бахчисарайского меджлиса“ (ru). Новый День (2004-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  9. „IV КУРУЛТАЙ (2001-2007гг.)“. politika-crimea.ru. Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  10. „В КРЫМУ УЧРЕЖДЕНО РЕСПУБЛИКАНСКОЕ ОТДЕЛЕНИЕ ВСЕУКРАИНСКОГО ОБЪЕДИНЕНИЯ "ЗА УКРАИНУ! ЗА ЮЩЕНКО!"“. politika-crimea.ru (2004-yil 18-iyun). Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  11. „Лидер бахчисарайских меджлисовцев пытается прикрыться оранжевым шарфом от уголовного дела“ (ru). Новый День (2004-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  12. „Штурм Ай-Петри – это освобождение коммерческой площадки «для своих», – комментарий лидера «АнтиЗахвата»“ (ru). Новый День (2007-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  13. „Крымский спикер приветствует снос татарского самозахвата на плато Ай-Петри“ (ru). Новый День (2007-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  14. „Крымские татары открыли в Судаке сезон акций протеста против сноса самозахватов“ (ru). Новый День (2007-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  15. „Арестованы зачинщики драки татар с милицией на Ай-Петри“ (ru). Новый День (2007-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  16. „20 самых влиятельных крымских татар | Alem-i Medeniye“. medeniye.org. Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  17. „Меджлисовцев на выборы поведут Чубаров, Пилунский и Чийгоз“ (ru). Новый День (2010-yil 29-avgust). Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  18. „В Крыму функционер меджлиса отделался штрафом за сбитую беременную девушку“. LB.ua. Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  19. 19,0 19,1 19,2 19,3 19,4 „Чийгоз Ахтем Зейтуллаевич“. LB.ua. Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  20. „У главы татарского меджлиса теперь пять замов и ни одного первого“ (ru). Новый День (2013-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  21. „Еще одному члену Меджлиса прокуратура Крыма вынесла предупреждение“. Центр журналистских расследований (2014-yil 7-may). Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  22. „НАРИМАН ДЖЕЛЯЛ БУДЕТ КУРИРОВАТЬ РАБОТУ МЕДЖЛИСА В КРЫМУ“. politika-crimea.ru (2015-yil 21-mart). Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  23. „Amnesty назвала арешт Чийгоза "репресивним заходом"“ (uk). BBC News Україна. Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  24. „Список лиц, признанных политическими заключенными Правозащитным центром «Мемориал» на 29 мая 2017 года | Pravozaщitniy sentr „Memorial““. memohrc.org. Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  25. Tursiya obmenyala Umerova i Chiygoza na rossiyskix razvedchikov – SMI
  26. „Комітет з питань прав людини, деокупації та реінтеграції тимчасово окупованих територій у Донецькій, Луганській областях та АР Крим, м. Севастополя, національних меншин і міжнаціональних відносин обговорив питання проведення виїзного засідання на Донбасі“ (uk). iportal.rada.gov.ua (2019-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.