Axtam Yoqubov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Axtam Yoqubov
Tavalludi 2-dekabr 1976-yil (1976-12-02) (47 yosh)

Axtam Yoqubov (Ахтам Ёқубов, 1976-yil, 2-dekabr, Samarqand), Axtam Samarkandskiy nomi bilan tanilgan – Oʻzbekiston jinoyat olamining nufuzli shaxslaridan biri, qonundagi oʻgʻri[1][2].

1998-yilda Birlashgan Arab Amirliklarida oʻzbek ayollarini fohishalikka majburlagan ayol va uning tansoqchisini oʻldirganlikda aybdor deb topilib, dastlab bir umrga ozodlikdan mahrum etilgan, soʻngra mazkur jazo muddati 17 yilga oʻzgartirilgan. Dubaydagi qamoqxonada oʻgʻrilarning nazoratchisi boʻlgani va „Ravshan Zolotoy“ laqabli Ravshan Muhiddinov bilan tanishgani, uning vositasida oʻzbekistonlik yirik tadbirkor Gʻofur Rahimov bilan aloqa oʻrnatgani aytiladi[3]. Jazo muddatining uchdan ikki qismini oʻtab, 2015-yilda ozodlikka chiqqan va Turkiyaning Istanbul shahriga kelgan.

2019-yilning 12-aprel kuni gurjistonlik qonundagi oʻgʻri Nadir Salifov (laqabi „Lotu Guli“) tashabbusi bilan yigʻilish („sxodka“) oʻtkazilgan, unga qonundagi oʻgʻri David Chxikvishvili (laqabi „Dato Surgutskiy“) boshlovchilik qilgan. Unda Axtam Yoqubovga yoshini va 16 yil oʻtirib chiqqanini inobatga olib, istisno tariqasida „qonundagi oʻgʻri“ rutbasi berilgan. Oʻrta Osiyolik avtoritetlar (jumladan Qamchi Ko‘lboyev, Baxtiyor Qudratillayev) ham Axtam Samarkandskiy nomzodini videoqoʻngʻiroq orqali qoʻllab fikr bildirishgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]