Kontent qismiga oʻtish

Avstraliya general-gubernatori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avstraliya general-gubernatori
Mamlakat:  Avstraliya
Avstraliya general-gubernatori
Taʼsis etilgan sanasi: 1-iyul 2019-yil
Amaldagi shaxs: David Hurley
Qarorgohi: Kanberra va Sidney
Vakolat muddati: 5 yil
Sayt: gg.gov.au
Hukumat uyi, Kanberra
General-gubernator unvon nishoni[1]

Avstraliya general-gubernatori (inglizcha: Governor-General of Australia, Governor-General of the Commonwealth of Australia) — Avstraliya monarxining Avstraliyadagi rasmiy vakili (hozirda, Avstraliya qiroli Charles III)[2] va Avstraliya Hamdoʻstligining bosh ijrochi direktori.

General-gubernatorning vazifalariga: elchilar, vazirlar va sudyalarni tayinlash, qonun hujjatlarini tasdiqlash, saylovlarni e'lon qilish va mukofotlarni topshirish kiradi. U Avstraliya Ijroiya Kengashining Prezidenti va Mudofaa Kuchlarining Bosh Qoʻmondoni hisoblanadi[3]. General-gubernator o'z vazifalarini Avstraliya Konstitutsiyasiga muvofiq amalga oshiradi. Bundan tashqari, general-gubernator Avstraliya poytaxtining rasmiy vakili sifatida ish yuritadi[4][5].

Konstitutsiyaga koʻra, general-gubernator qirol tomonidan tayinlanadi va u oliy hazratlarining Ittifoq hududidagi vakilidir. Konstitutsiya general-gubernatorga yetarlicha keng huquqlar beradi, lekin amalda u faqat vakillik funksiyalarini bajaradi va mamlakat uchun eng muhim qarorlarni chiqarishda faqat maslahat berish huquqiga ega. Bosh vazirni tayinlashda ham general-gubernator Avstraliya parlamenti tomonidan taklif qilingan bosh vazirlikka nomzodni rad etish amaliyoti kamdan-kam qoʻllanadi[6].

Konstitutsiyada belgilangan rasmiy vazifalardan tashqari, general-gubernator keng koʻlamli boshqa vazifalarni bajaradi. U tez-tez Avstraliya boʻylab konferensiyalar, ochilish marosimlari va boshqa xizmatlarda qatnashadi. General-gubernator xorijiy davlatlarga tashriflari davomida Avstraliyaning vakili va Avstraliya qiroli sifatida koʻriladi va odatda, u davlat boshligʻi sifatida qabul qilinadi[7].

General-gubernatorning asosiy qarorgohi Kanberradagi Hukumat uyi boʻlib, u Yarralumla nomi bilan tanilgan. Ikkinchi rasmiy qarorgoh Sidneydadir. Avstraliyaning boshqa shtatlariga tashrif buyurganida, general-gubernator, odatda, tegishli poytaxtdagi Hukumat uyida qoladi[8][9][10]. General-gubernatorning yordamchilari va oʻrinbosarlari Avstraliya general-gubernatorining rasmiy kotibi hisoblanadi.

2019-yil 1-iyuldan boshlab Avstraliya general-gubernatori Devid Xerlidir.

Tayinlanish tartibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
David Hurley 2019-yilda general-gubernator qasamyodini qilish marosimida

Avstraliya Bosh vaziri oʻz xodimlari va monarx bilan maslahatlashgan holda general-gubernatorni tayinlaydi. Ushbu faxriy lavozimga nomzodning munosibligini aniqlashtirish uchun dastlabki yigʻilishlar oʻtkaziladi[11].

Yigʻilishlarlardan keyin bosh vazir nomzodni monarxga taqdim etadi. Qonunga koʻra, monarx taklif qilingan nomzodni rad etishi va yangi nomzod kiritilishini talab qilishi mumkin[12][13]. Ammo, bu 1930-yilda James Skullin tomonidan bu lavozimga taklif qilingan Isaaks konservatorlarining kuchli qarshiliklar keltirib chiqarganidan keyin, bu amaliyot tugatilgan. Qirol Jorj V unga taqdim etilgan nomzodni qabul qilmaslikka qatʼiy qaror qildi, ammo Skalin Britaniya Bosh vazirini chetlab oʻtib, bu masalani qirol bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muhokama qilish huquqini talab qilganidan soʻng, oxir-oqibat rozi boʻlishga majbur boʻldi. Hozirgi vaqtda Avstraliya qiroli mamlakatning siyosiy va konstitutsiyaviy masalalariga cheklangan doirada taʼsir koʻrsatadi[14].

Barcha partiyalarning roziligini olgandan soʻng, monarx boʻlajak general-gubernatorni ommaga eʼlon qilishga ruxsat beradi[15]. Odatda, bu oldingi general-gubernatorning vakolat muddati tugashidan bir necha oy oldin sodir boʻladi. Bu vaqt ichida nomzod vorisi general-gubernator unvoniga ega boʻladi[16][17].

General-gubernator tayinlash monarx tomonidan amalga oshiriladi. General-gubernator lavozimga tayinlanganidan keyin, qasamyod qiladi va lavozimni egallaydi. Qasamyod qabul qilish marosimi, odatda, Avstraliya Oliy sudyasi raisligidagi Senatda boʻlib oʻtadi[18][19][20].

Avstraliya Konstitutsiyasida general-gubernatorning vakolat muddati belgilanmagan, shuning uchun, u nomaʼlum muddatga oʻz lavozimini egallashi mumkin. Biroq, amalda uning vakolat muddati besh yil hisoblanadi. Bu muddat oxirida general-gubernatorning vakolatlari baʼzan qisqa muddatga uzaytiriladi[21].

General-gubernatorning maoshi Konstitutsiya bilan belgilanadi[22]. Unga koʻra, uning yillik maoshi 10 ming funt sterlingni tashkil etadi (parlament maoshni oʻzgartirish huquqini saqlab qoladi). Konstitutsiyada general-gubernatorning maoshini uning vakolati davrida oshirish mumkin emasligi belgilangan. Gubernatorning 1974-yilgi qonuniga koʻra, har bir yangi mandat bilan ish haqini oshirish amalga oshiriladi. Hozirda Avstraliya qonunchiligi general-gubernatorga besh yillik muddat davomida Avstraliya Oliy sudi raisining maoshidan yuqoriroq maoshni kafolatlaydi[23] .

Avstraliya tarixida atigi uch marta general-gubernator isteʼfoga chiqqan. Birinchisi, 1903-yilda maoshini oshirish boʻyicha kelishmovchilikdan keyin Britaniyaga qaytib ketgan John Xoup edi. John Kerr 1977-yilda Parijda Avstraliyaning YUNESKOdagi elchisi lavozimini qabul qilib, isteʼfoga chiqdi[24][25]. 2003-yilda Piter Hollingvort oʻz xohishi bilan ketdi[26].

General-gubernator monarx tomonidan vakolat muddati tugagunga qadar chaqirib olinishi yoki lavozimidan ozod etilishi mumkin[27]. Biroq, konstitutsiyaviy odatga koʻra, bu faqat Bosh vazirning tavsiyasi bilan amalga oshiriladi. Avstraliya tarixida bunday holat hech qachon boʻlmagani uchun monarx general-gubernatorni oʻz lavozimidan qanchalik tez chetlatishi nomaʼlumligicha qolmoqda. 1975-yilgi konstitutsiyaviy nizo yana bir muammoni ochib berdi, bunda general-gubernator ham, bosh vazir ham bir vaqtning oʻzida bir-birlarini oʻz lavozimlaridan chetlashtirishga harakat qilishlari mumkin edi[28].

General-gubernatorning oʻrni isteʼfoga chiqishi, oʻlimi yoki mehnatga qobiliyatsizligi bilan boʻshab qoladi. Shuningdek, uning oʻrni rasmiy xorijiy tashrifi boʻlsa, vaqtincha boʻsh qolishi mumkin. Konstitutsiyaga koʻra, monarx boʻsh oʻrin boʻlgan taqdirda menejerni tayinlashi mumkin (inglizcha: Administrator). U vaqtinchalik general-gubernator boʻlib xizmat qiladi[29].

General-gubernatorlar xronologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
David HurleyPeter CosgroveQuentin BryceMichael JefferyPeter HollingworthWilliam DeaneBill HaydenNinian StephenZelman CowenJohn Kerr (governor-general)Paul HasluckRichard Casey, Baron CaseyWilliam Sidney, 1st Viscount De L'IsleWilliam Morrison, 1st Viscount DunrossilWilliam Slim, 1st Viscount SlimWilliam McKellPrince Henry, Duke of GloucesterAlexander Hore-Ruthven, 1st Earl of GowrieIsaac IsaacsJohn Baird, 1st Viscount StonehavenHenry Forster, 1st Baron ForsterRonald Munro Ferguson, 1st Viscount NovarThomas Denman, 3rd Baron DenmanWilliam Humble Ward, 2nd Earl of DudleyHenry Northcote, 1st Baron NorthcoteHallam Tennyson, 2nd Baron TennysonJohn Hope, 1st Marquess of Linlithgow
  • Avstraliya general-gubernatorlari roʻyxati
  • Avstraliya Bosh vaziri
  1. „Army Dress Manual“. Department of Defence (2019-yil 20-dekabr).
  2. „Governor-General“ (en-AU). Parliamentary Education Office (2023-yil 10-noyabr).
  3. Karp, Paul; Cox, Lisa. „David Hurley named next governor general of Australia“. The Guardian (2018-yil 16-dekabr). 2018-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-dekabr.
  4. Flemming, Tessa. „Anthony Albanese announces Samantha Mostyn as Australia's next governor-general“ (en-AU). ABC News (Australia) (2024-yil 3-aprel).
  5. „The role of the Governor-General“. The Governor-General of the Commonwealth of Australia. 2024-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-yanvar.
  6. „How is the governor-general appointed and what is their role?“ (en-AU). Parliamentary Education Office (2023-yil 14-dekabr).
  7. Elder, D. R. „Governor-General“,. House of Representative Practice, 7th (en-AU), Canberra, Australia: Department of the House of Representatives, 2018. ISBN 978-1-74366-654-8. 
  8. „Infosheet 20 - The Australian System of Government“ (en-AU). Parliament of Australia. Qaraldi: 2024-yil 17-yanvar.
  9. Downing, Susan „The Reserve Powers of the Governor-General“ (1998-yil 23-yanvar).
  10. Final report of the Constitutional Commission (en-AU), 1988 — 92–93 bet. ISBN 0-644-06897-3. 
  11. Pyke, John. Government powers under a Federal Constitution: constitutional law in Australia, 2nd (en-AU), Pyrmont, NSW: Lawbook Co, 2020 — 291–2 bet. ISBN 978-0-455-24415-0. 
  12. McPhee, Sarah „Human biosecurity emergency declared in Australia“. NewsComAu (2020-yil 17-mart). Qaraldi: 2020-yil 23-mart.
  13. „Biosecurity (Human Biosecurity Emergency) (Human Coronavirus with Pandemic Potential) Declaration2020“. Commonwealth of Australia. 2020-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-mart.
  14. „Governor-General Quentin Bryce backs gay marriage, Australia becoming a republic in Boyer Lecture“. ABC News (2013-yil 22-noyabr). 2013-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-noyabr.
  15. „Cabinet“ (en). Parliamentary Education Office (2023-yil 10-noyabr).
  16. Federal Executive Council Handbook 2021. Department of the Prime Minister and Cabinet, 2021 — 3 bet. ISBN 978-1-925364-53-8. 
  17. „Federal Executive Council“,House of Representative Practice, 7th (en-AU), Canberra, Australia: Department of the House of Representatives, 2018. ISBN 978-1-74366-654-8. 
  18. Albanese, Anthony „Australia's new Governor-General“. Department of the Prime Minister and Cabinet (2024-yil 3-aprel). Qaraldi: 2024-yil 4-aprel.
  19. Fleming, Tessa. „Anthony Albanese announces Samantha Mostyn as Australia's next governor-general“. ABC News (2024-yil 3-aprel). 2024-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-aprel.
  20. „Sam Mostyn announced as next governor general of Australia“. Australian Associated Press (2024-yil 3-aprel). 2024-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-aprel.
  21. „Law-making“ (en-AU). Parliamentary Education Office (2023-yil 14-dekabr).
  22. Elder, D. R. „A Parliament“,. House of Representative Practice, 7th (en-AU), Canberra, Australia: Department of the House of Representatives, 2018. ISBN 978-1-74366-654-8. 
  23. „Peter Hollingworth apologises for poor handling of sex abuse complaint“. The Guardian (2016-yil 2-fevral). 2018-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-avgust.
  24. Twomey, Anne „Why a government would be mad to advise the refusal of royal assent to a bill passed against its will“ (en-US). The Conversation (2019-yil 29-yanvar).
  25. Taylor, Greg (2008). "Refusals of Assent to Bills Passed by Parliament in Germany and Australia". Federal Law Review 36: 83–116. doi:10.22145/flr.36.1.4. https://www8.austlii.edu.au/cgi-bin/viewdoc/au/journals/FedLawRw/2008/4.html. 
  26. Australian Constitution (Cth) s 4
  27. Final report of the Constitutional Commission (en-AU), 1988 — 72–3, 82–3 bet. ISBN 0-644-06897-3. 
  28. Twomey, Anne. The Chameleon Crown: The Queen and her Australian Governors. Annandale, NSW: Federation Press, 2006 — 62–8 bet. ISBN 978-1-86287-629-3. 
  29. „McMahon 'in Casey row'“ (1988-yil 4-aprel). 2018-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-aprel.