Aqli norasolik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aqli norasolik – (jinoyat huquqida) ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilish vaqtida shaxsning ruhiy kasalligi tufayli o‘z harakatlari yuza-sidan o‘ziga hisob bera olmaydigan va o‘z harakatlarini idora qila olmay-digan holati. Aqli norasolik ikki mezon: tibbiy (biologik) va yuridik mezon orqali aniqlanadi. Tibbiy (biologik) mezon shaxsda surunkali ruhiy kasallikni yoki ruhiy holatning vaqtincha buzil-ganligi yoxud aqli zaiflik yoki boshqacha tarzdagi ruhiy kasallikning mavjud-ligini bildiradi. Yuridik mezon shax-sning o‘z harakatlari yuzasidan o‘ziga hisob bera olmasligi (tafakkur mezo-ni) va o‘z harakatlarini idora qila ol-masligi (irodaviy mezon)dir. Shaxsni ruhiy kasal deb hisoblash uchun tibbiy va yuridik mezonlarning zohirligi ta-lab qilinadi. Shaxsning ruhiy kasallik holatini aniqlash uchun sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanadi. Ekspertiza shaxsni ijtimoiy xavfli qilmishni so-dir qilish paytida aqli noraso holatda bo‘lgan, deb xulosa bersa, uning qilmishi jinoyat hisoblanmaydi va javobgarlik-ka tortilmaydi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil