Avliyo Georgiy Moskva Kremli Uspenskiy soboridagi ikona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saint George — Avliyo Georgiy — Moskva Kremli Uspenskiy sobori toʻplamidagi Novgorod ikonasi. Unda avliyo Georgiy belboʻyida tasvirlangan. Ushbu madaniy yodgorlik XI yoki XII asr oxirlariga toʻgʻri kelib, dastgohli rasm solish yoʻnalishida Rossiyadagi eng qadimgi yodgorliklardan biridir.

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akademik V.N.Lazarevning soʻzlariga koʻra, ikona kelib chiqishi Novgorod shariga borib taqaladi. Uni Moskvaga Ivan Grozniy keltirgan. Grozniy Novgoroddan koʻplab mahalliy muqaddos ahyolarni olib kelgan[1]. Ikonada XII asr Vizantiya ikonalariga xos chizgilar bor va u Novgorod ikona rassomchiligining Vizantiya yoʻnalishiga tegishli[2].

Ikonani knyaz Georgiy Andreyevich (Andrey Bogolyubskiyning kenja oʻgʻli) buyurtma qilgan boʻlishi mumkin. U 1174-yilda Novgoroddan quvilib va Gruziyaga koʻchib oʻtgan va u yerda qirolicha Tamaraning birinchi eri boʻlgan[3]. Ikona yosh knyazning homiy murshidi tasviri boʻlishi mumkin. Uni knyaz Yuiy monastirining Avliyo Georgiy soboriga joylashtirgan.

Ikonada XI asr oxiri — XII asr boshlariga doir sana mavjud[4]. U uslubiy jihatdan Kiyev Avliyo Sofiyasidagi naqshlar va freskalar bilan oʻxshash[5].

Ikonografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xudoning onasi Xodegetriya (ikonaning orqa tomoni)

Ikonaning qadimgi tasviri yaxshi saqlanib qolgan (yuz qismida, fonida ozgina yoʻqotishlar mavjud. Ikonaning quyi qismidagi libos tasvirida esa sezilarli darajada yoʻqotish bor). Bunga Georgiy obrazi uzoq vaqt mobaynida toʻq mallarang boʻyoq bilan qoplangani sababdir. Ikona qoplamadan faqatgina 1930-yillarga kelib ochilgan[4].

Ikonada yarim uzunlikdagi buyuk jafokash Georgiy yosh jangchi qiyofasida tasvirlangan. Uning oʻng qoʻlida nayza, chap qoʻlida esa jafokash xochi oʻrnini bosadigan xoch shaklidagi qilich bor[4]. Avliyo surati ikona hajmini bor boʻyicha qamrab oladi va uning qoʻllari romga yaqin tasvirlangan. Bu esa, uning jismi qudratini his qilishni kuchaytiradi. Avliyoning yuzi muntazam oval shaklga ega, sochlar jigarrang va qalin tasvirlangan. Avliyoning koʻzlari yirik tasvirlangan va tomoshabinga tikilib turadi. Karnasiyasi oqish, yonoqlarida qizgi’sh tusga aylanadi. Rassom zirh va qurollar tasvirining haqiqiyligiga katta ahamiyat bergan (masalan, plastinkali zirhlarida har bir plastinkaning mahkamlash joylari tasvirlangan)[5].

Ikonaning orqa tomonida, keyingi davrlarda kiritilgan yozuvlar ostida, XIV asr oʻrtalarida Moskvada ishlagan yunon ustasi tomonidan qoʻshilgan Tangri onasi Xodegetriya tasviri mavjud[6]. Uning ostida nomaʼlum darajada saqlanib qolgan avvalgi rasm[5] bor. Chizgilardan faqat Ilohiy chaqaloq yuzi tozalangan[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ikoni XI—XII vekov. Novgorod — vizantiniziruyuщee napravlenie // Lazarev V. N. Russkaya ikonopis ot istokov do nachala XVI veka
  2. Epoxa Duk, Komninov i Angelov. Rus: ikonopis // Lazarev V. N. Istoriya vizantiyskoy jivopisi
  3. „Георгий. Ок. 1170 г.“. Христианство в искусстве. Qaraldi: 2017-yil 1-dekabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 Толстая Т. В.. Успенский собор. М.: Музеи Московского Кремля, 2008 — 174-175 bet. ISBN 978-5-88678-189-2. 
  5. 5,0 5,1 5,2 Demina N. A. Otrajenie poeticheskoy obraznosti v drevnerusskoy jivopisi (na primere ikoni „Georgiy-voin“ XI—XII vekov) // Drevnerusskoe iskusstvo. Xudojestvennaya kultura domongolskoy Rusi [t. 6]. — M.: Nauka, 1972. — S. 7-24.
  6. „Богоматерь Одигитрия. Середина XIV в.“. Христианство в искусстве. www.icon-art.info. Qaraldi: 2017-yil 1-dekabr.
  7. Xudojestvennaya jizn Moskvi konsa XIV veka. Feofan i drugie grecheskie mastera // Lazarev V. N. Russkaya ikonopis ot istokov do nachala XVI veka

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]