Tamara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tamara (Tamar) (12-asrning taxminan 60y.lari oʻrtasi — 1207) — Gruziya podshosi (1184—1207). Uning davrida Gruziya katta harbiysiyosiy muvaffaqiyatlarga erishgan. Gruziya qoʻshinlari Shamxor yaqinida Ozarbayjon otabegi Abubakr va uning ittifokchilari ustidan (1194), Basiani yaqinida — Rum sultoni Rukniddin ustidan gʻalaba qilib (1202), Karsni (1204) egallaganlar va deyarli butun Zakavkazyeni T. oʻz hokimiyatiga boʻysundirgan. Vizantiyadan tortib olingan yerlarda Trapezund imperiyasi tuzilgan, u uzok vaqt Gruziyaning taʼsir doirasida boʻlgan. Erzink sultoni, Arzirum amiri, Xilat sultoni, shuningdek, Shimoliy Kavkaz toglaridagi hukmdorlar Gruziyaning vassali boʻlishgan. Yirik mulqdorlar qonun chiqaruvchi hokimiyatni jamiyatning oliy tabaka vakillaridan tuzilgan majlisga berilishini, T.ga esa fakat ijroiya hrkimiyati huquqini qoldirishni talab etishgan. Muzokaralar natijasida T. davlat masalalarini yolgiz hal etish huquqidan mahrum boʻlib, uni Oliy davlat kengashi aʼzolari ("Darbozi") bilan birga hal etadigan boʻlgan. T. davrida mamlakatda yoʻllar, koʻpriklar, karvon saroylar, kalʼalar, cherkovlar, monastirlar qurilgan. T. ilmfanga xrmiylik qilgan. Sh. Rustavelining "Yoʻlbars terisini yopingan paxlavon" dostoni T.ga bagʻishlangan.