Novgorod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Novgorod — Rossiya Federatsiyasidagi shahar. Novgorod viloyati markazi. Volxov daryosining har ikkala sohilida, Ilmen koʻlidan 6 km. Moskva — SanktPeterburg avtomagistralida. Temir yoʻl tuguni. Pristan. Aholisi 232,4 ming kishi (1998). Shahar dastlab 859 yilga mansub Novgorod I yilnomasida tilga olingan. Shar-qiy Yevropaning muhim savdo yoʻli oʻtgan yerda joylashgani uchun yirik savdo markazlaridan hisoblangan. 10-asrda hunarmandchilik rivojlangan. N. 1136—1478 yillarda Novgorod feodal respublikasining markazi. N.ga moʻgʻullar istilosi davrida shikayet yet-magan, shuning uchun milliy madaniy boyliklar yaxshi saqlangan. Moskva knyazi Ivan III 1478 yil N.ni Moskva knyaz-ligiga koʻshib oldi. 1727—1927 yillarda Novgorod gubernyasining maʼmuriy markazi. Ikkinchi jahon urushi davrida sha-har jiddiy zarar koʻrdi. Shaharning koʻpchilik zavod va fabrikalari urushdan keyin qurilgan. Sanoati: mashinasozlik va metallsozlik (shu jumladan, radioelektronika sanoati), kimyo, yogʻochsozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

Shahar hududida qad. yodgorliklardan: Sofiya sobori (1045—50) va boshqa soborlar va cherkovlar saqlanib qolgan. Arxeologik qazishmalar natijasida sha-har qurilishi qoldiklari, yogʻoch qrplangan koʻchalar, moddiy madaniyat bu-yumlari, beresta yorliqlari topildi. 3 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), teatr, tarixiy-meʼmoriy muzey-qoʻriqxonasi bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil