Avliyo Aleksis Moskva sobori (Samarqand)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avliyo Aleksis Moskva sobori (Aleksis sobori) – Samarqanddagi (Oʻzbekiston) pravoslav cherkovi, 1911-yilda qurilgan. 1912-yilda Moskvadagi Avliyo Aleksis sharafiga bagʻishlangan. U rus pravoslav cherkovining Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasining Samarqand dekanati tarkibiga kiradi. Hozir aholi uchun faoliyat yuritadi[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sobor 1902-yilda tuzilgan va dastlab Turkiston shaharlarida garnizon cherkovlarini qurish uchun moʻljallangan arxitektor Fyodor Verjbitskiy va harbiy muhandis Fyodor Smirnov tomonidan qayta koʻrib chiqilgan loyiha boʻyicha Rostovtseva va Nikolaevskaya koʻchalari burchagida harbiy lager uchun qurilgan. Hududi: Termiz, Verniy, Skobelev, Kerki, Kushka, Samarqand, Chardjou kabi marzaklar singari tashkil etilgan. Turkiston harbiy ibodatxonalari uchun namunaga aylangan bu loyiha 1901-yilda tasdiqlangan Fyodor Verjbitskiy polk cherkovining namunali loyihasi asosida yaratilgan[2]. Yaratilish jarayonida rus quruvchilari umumiy quruvchilarning aksarini tashkil qiadi.

Birinchi tosh qoʻyish va muqaddaslash marosimi 1909-yilda boʻlib oʻtdi. Qurilish ishlari 1911-yilning kuzida yakunlandi, 1912-yilda maʼbad muqaddas qilindi va Provoslavlarga foydalanish uchun topshirilgan.

Zal tipidagi soborda 24 dan 16 metrgacha oʻlchamdagi katta zal mavjud boʻlib, zal baland va yengil gumbaz ostidagi katta qurbongohga ega. Kirish eshigi tepasida baland, sakkiz burchakli qoʻngʻiroq minorasi joylashgan. Bino biroz soddalashtirilgan ruscha uslubda, ortiqcha bezaksiz qurilgan.

1920-yillarda maʼbad yopildi, uning gumbazi va qoʻngʻiroq minorasi demontaj qilinib, isteʼmoldan chiqarildi. Sovet davrida maʼbad binosi harbiy qism balansida, harbiy lager hududida edi. Harbiy qism olib chiqilgach, u davlat muzey-qoʻriqxonasiga oʻtkazildi, 1996-yilda u dindorlarga qayta topshirildi. Rekonstruksiya uchun alohida eʼtibor berildi.

1996-yil 13-noyabrda sobor Moskva va Butun Rossiya Patriarxi Aleksiy II tomonidan qayta muqaddas qilindi. Ruhoniy Igor (Babakov) cherkovda xizmat qiladi. Patronal bayram – 25 fevral kuni deb belgilandi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • V. A. Nilsen. Oʻzbekistonda zamonaviy shaharsozlikning kelib chiqishida (Kkk – XX asr boshlari). – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1988.-208 b. ISBN 5-635-00009-6

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „https://sobory.ru/article/?object=10453&ysclid=ln6e21e9j4976979916“.
  2. Ярополк Доренский. „Типовая воинская церковь Вержбицкого“. Наша Лиепая (2016-yil 14-yanvar). 2019-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]