Avantyurin
Jump to navigation
Jump to search
Avantyurin – zich mayda zarrali shaffof kvars, qo‘ng‘ir-qizg‘ish yoki sarg‘ish rangli yaltiroq mineral. Tarki-bida bir me’yorda tarqalgan slyuda yoki gematit bo‘ladi. kaliy va natriyga boy bo‘lgan tillarang dala shpatlari ham A.deb ataladi. A. oson jilvirlanadi va kumushsimon-oq, qizg‘ish-qo‘ng‘ir, ahyon-ahyonda yashil rangda tovlanadi, shuning uchun turli zeb-ziynat va san’at buyumlari yasash uchun ishlatiladi.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |