Auchan (qishloq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Auchan (armancha: Աշան) / Kheshan ozarbayjoncha: Heşan — Togʻli Qorabogʻdagi qishloq hisoblanadi. Ushbu qishloq Ozarbayjon Respublikasi va armaniston Respublikalarining nizoli hududi boʻlgan togʻli Qorabogʻ hududida joylashgan. Qishloqni amalda nazorat qiluvchi tan olinmagan Togʻli Qorabogʻ Respublikasining maʼmuriy-hududiy boʻlinishiga koʻra, u Togʻli Qorabogʻ Respublikasining Martuni tumanida, Ozarbayjon Respublikasining maʼmuriy-hududiy boʻlinishiga koʻra — Ozarbayjonning[1] Xoʻjavend viloyatida joylashgan deb bilinadi. Yaqin atrofdagi aholi punktlari — qishloq Martuni (Ozarbayjon Respublikasining Xoʻjavend viloyati) shahridan 15 km shimoli-gʻarbda, Nor Shen qishlogʻidan (Yenikend) 1 km sharqda, qishloqdan 4 km gʻarbda joylashgan. 2005-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, qishloqning doimiy aholisi 588 kishini tashkil etgan. Qishloqda asosan armanlar istiqomat qiladi. Imonlilar arman Apostol cherkovining tarafdorlari. Qishloqda maktab, bolalar bogʻchasi kabi bir qancha infratuzilmalar hamda davlat tashkiloti tasarufidagi xizmat koʻrsatish binolari joylashgan[2].

Aholi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Auchan qishloq aholi roʻyxatga olish ishlarida aholining etnik tarkibi va qishloq aholi soni, xonadonlar soni hsobotida arman millati vakillari koʻpchiiikni tashkil etgan, Jumladan, qishloq aholisi 1908—yilga kelib 1200 kishi, asosan arman millati vakillari tashkil etgan. 1911-yilda — 1217 kishi arman millati vakillari, 1914—yil boshlarida esa 1508 aholi koʻrsatilgan boʻlib, ularda asosan armanlar tashkil etgan.

1933-yil 1-yanvar holatiga koʻra qishloqda 1030 kishi (216 xonadon) istiqomat qilgan, ularning hammasi armanlarni tashkil etgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Danniy naselyonniy punkt kontroliruetsya Nagorno-Karabaxskoy Respublikoy. Soglasno administrativno-territorialnomu deleniyu Azerbaydjana, territoriya, kontroliruemaya Nagorno-Karabaxskoy Respublikoy, raspolagaetsya v predelax Kelbadjarskogo, Terterskogo, Xodjavendskogo, Xodjalinskogo, Shushinskogo i chasti Agdamskogo rayonov Azerbaydjanskoy Respubliki. Fakticheski v nastoyaщiy moment Нагорно-Карабахская Республика yavlyaetsya nepriznannim gosudarstvom, bólshaya chast kotorogo Azerbaydjanom ne kontroliruetsya.
  2. Ղահրամանյան Հ.Շ.. Տեղեկատու ԼՂՀ վարչատարածքային միավորների սոցիալ-տնտեսական բնութագրերի. Եր.: Ճարտարագետ, 2015 — 220 bet. ISBN 978-9939-72-184-2. 
  3. Административное деление АССР. Баку: Издание АзУНХУ, 1933 — 106 bet. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[sayt ishlamaydi]