Glitseridlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Atsilglitserinlardan yoʻnaltirildi)

Glitseridlar, atsilglitserinlar — glitserin bilan organik yoki mineral kislotalarning murakkab efirlari. Molekuladagi kislota qoldigʻiga qarab mono-, di- va triglitseridlarga boʻlinadi. G.da izomerlar mavjud boʻlib, bu ular tarkibiga kiruvchi qoldiqlarning joylashuviga bogʻliq. Anorganik kislotalar glitseridlaridan nitrat kislota triglitseridi — nitroglitserin katta ahamiyatga ega. Karbon kislotalarning G.i oʻsimlik va hayvon yogʻlarining tarkibiy qismidir. Ular tegishli karbon kislotalarni glitserin bilan eterifikatsiyalab olinadi.

Stearin, olein, palmitin kislotalarning G.i oziq-ovqat yogʻlarining emulgator va stabilizatori, turli kremlar, plastifikatorlar va surkov moylari, sovun olishda xom ashyo sifatida qoʻllaniladi. Nitroglitserin shifobaxsh dori hamda portlovchi moddalar komponentidir.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil