Atakama

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atakama
ispancha: Desierto de Atacama
24°30′0″S 69°15′0″W / 24.50000°S 69.25000°W / -24.50000; -69.25000 G OKoordinatalari: 24°30′0″S 69°15′0″W / 24.50000°S 69.25000°W / -24.50000; -69.25000 G O
MamlakatChili Chili
JoylashuviJanubiy Amerika
Maydoni105 000 km²
Atakama (Chile)
Atakama

Atakama (ispancha: Desierto de Atacama) – Janubiy Amerikadagi choʻl, Chilining shimolida joylashgan. Tinch okeani sohili boʻylab, 22–27° j.k. orasida, taxminan 1000 km ga choʻzilgan. Dengiz sathidan 500 m dan 2000–3200 m gacha balandlikda joylashgan. Dunyodagi eng qurgʻoqchil joylardan biri. Iqlimi tropik, passatli iqlim. Peru oqimi taʼsiri sababli nisbatan sovuq. Yanvarning oʻrtacha harorati dengiz boʻyida 19-20°, iyulniki 13– 15°. Boʻylama vodiyda esa, yanvarning oʻrtacha harorati 22–23° va iyulniki 11–12°. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 50 mm (10–12 yillab yogʻin tushmagan vaqtlar ham boʻladi). Loa daryosi kesib oʻtadi. Oʻsimlik kam (kaktus, mimozalar), shoʻrxoklar koʻp. Mis va selitra konlari bor. Hayvon turlari kam. Tulki, qalqondorlar, toshbaqalar uchraydi.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Panorama

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil