Asxat Sayfullin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Asxat Xabibullinovich Sayfullin
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 1960-yil 3-iyul
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Janr jazz
Faoliyat yillari 1982-yildan hozirgacha

Asxat Xabibullinovich Sayfullin (1960-yil 3-iyul, Yangiobod, Oʻzbekiston SSR) — sovet va rus jazzmeni, kontrabaschi va bas-gitarachi. U 1982-yilda Tomskda jazz ijrochisi sifatida debyut qilgan. Shuningdek, muvaffaqiyatli jazz prodyuseri, turli festivallarni tashkilotchisi (Tomskda xalqaro „Jazz-marafon“ (2003), Novosibirskda „Sib Jazz Fest“ (2011), Krasnodardagi „GGJ“ (2012)) hisoblanadi. Asxat Sayfullin Richir Cole, Nicole Genri, Vitaliy Imereli, Julia Nickson, Melton Mustafo, Roy Young, Ron Holloway, Billie Evans, Bobbie Martinez, Stive Turre va Rosario Giulia kabi koʻplab xorijiy musiqachilarni Rossiyaga olib kelgan[1][2][3][4].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asxat Sayfullin 1960-yil 3-iyulda Xabibulla Xaliullovich Sayfullin va Xadicha Mingullovna Sayfullina oilasida tugʻilgan. Asxatning Flyura Xabibullovna Sayfullina (Mingajeva) va Minxayat Xabibullinovna Sayfullina (Slizkaya) degan ikkita singlisi ham bor. Bolaligidan Asxatning jazzga boʻlgan qiziqishiga Anatoliy Krollning Yangioboddagi „Sovremennik“ orkestri va Viktor Dvoskinning „Allegro“ ansamblidagi ijrolari sabab boʻlgan.

U 1982-yilda Tomskda saksofonchi Valentin Rusakov bilan duet qilgan va yangi jazz ijrochisi sifatida mashhur boʻlgan. Novosibirsk (1983) va Moskva (1984) festivallarida qatnashgan. Bundan tashqari, 1982-yildan 1992-yilgacha u Camerata musiqiy ansamblida musiqachi boʻlgan.

1985-yilda pianinochi Yevgeniy Mironov va barabanchi Andrey Biryukov bilan trio tashkil qilgan va bir vaqtning oʻzida „Qor bolalari“ ansamblida Sergey Belichenko bilan ham faol hamkorlik qilgan.

1988-yilda Sverdlovsk konservatoriyasini kontrabaschi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1997-yilda Yevgeniy Mironov, skripkachi Viktor Korolev va Novosibirsklik barabanchi Vladimir Kirpichevni oʻz ichiga olgan „Issiq Sibir“ deb nomlangan jazz kvartetini yigʻdi. Kvartet Amerika Qoʻshma Shtatlarida muvaffaqiyatli gastrollarda boʻldi, keyinchalik ansambl bilan karnaychi Gennadiy Kalinin, saksofonchilar Vladimir Panfilov va Igor Parashchuk, vibrafonchi Igor Uvarov, pianinochi Georgiy Fefelov, barabanchi Sergey Kushilkinlar ham hamkorlik qildi.

Sayfullin nafaqat Tomsk, balki Rossiyaning boshqa shaharlari musiqachilari bilan turli xil kompozitsiyalarda Novosibirsk (1983-1991), Abakan (1963), Toshkent va Moskva (1984), Xabarovsk (1988-1990) festivallarida ham qatnashgan. Yekaterinburg (1988-1994), Samara (1992), Krasnoyarskda (2003), koʻplab Yevropa mamlakatlarida va AQShda gastrollarda boʻlgan.

1996-yildan 2000-yilgacha u Tomsk jazz klubining raisi hamda Sibir mintaqasida jazz tadbirlari tashkilotchisi boʻlgan[5]. 2000-yildan beri Sayfullin „Ars Nova“ fondining badiiy rahbari va prodyuseri sifatida faoliyat olib bormoqda[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Томский международный фестиваль «Jazz-Марафон»“. Jazz.ru (2003-yil 16-may). 2013-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-dekabr.
  2. Волошин, Ким. „Второй новосибирский «Сиб Джаз Фест»: уровень подтверждён“. Jazz.ru (2011). 2012-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-dekabr.
  3. „Краснодарский международный фестиваль GG JAZZ станет ежегодным“ (deadlink). Livekuban.ru (2012). 2013-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-dekabr.
  4. Рыбаков, Валерий. „Томск: джаз, этника, опять джаз…“. Jazz.ru. 2013-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-dekabr.
  5. Рыбаков, Валерий. „Игорь Бутман закрыл сезон в Томске“. Jazz.ru (2001-yil 20-iyun). 2013-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-dekabr.
  6. Фейертаг Б.Б. „"Джаз в России. Краткий энциклопедический справочник": Асхат Сайфуллин“. Info-jazz.ru. 2019-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-dekabr.