Astral eʼtiqodlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Astral eʼtiqodlar (ostro… soʻzidan) – Osmon yoritqichlari va hodisalariga hamda u bilan bogʻliq sehrgarlik xatti harakatlariga sigʻinish. Muayyan darajada hamma xalqlarda boʻlgan. Astral eʼtiqodlar ayniqsa qadimgi ikki daryo oraligʻi, Misr va qadimgi Hindistonda keng tarqalgan edi. Bu mamlakatlardagi ibodatxonalar rasadxona (observatoriya) vazifasini ham bajarib, osmon hodisalarini kuzatishda katta rol oʻynagan. Yulduzlar vaziyatiga qarab, bu bilan davriy bogʻliqlikka ega boʻlgan daryolarda suv toshqini boʻlishini oldindan aytganlar. Astral eʼtiqodlar asositsa astrologiya, folbinlik va karomat qilish vujudga keldi. Xristianlikdagi Vifleyem yulduzi va Apokalipsisdagi yetti yulduz haqidagi rivoyatlar hamda sharqdagi munajjimlik Astral eʼtiqodlar namunasidir.

Havolalar[tahrir]

http://referat.arxiv.uz