Astin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fors podshohligi
 
[[
Persia_(1600)
|]]



Qirolicha Astin (qadimgi ivrit: ושתיVashti; qadimgi yunoncha: Αστιν) - Eski Ahd qahramoni. Fors shohi Artaxshasning birinchi xotini, Esterning kitobiga ko'ra, Astinning nomi Tanaxga (Eski Ahd) kiritilgan. U shohning irodasiga ko'ra o'zining go'zalligiga ishonib, qirollik ziyofatiga kelishdan bosh tortgani uchun saroydan haydalgan va uning o'rniga Ester malika etib saylangan. Midrashdagi esdaliklarada u yovuz va ko’rimsiz qilib tasvirlangan, feminizm vakillari esa uni erkin fikrlaydigan qahramon deb biladi.

Ester kitobida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ester kitobida Vashti shoh Axashverashning xotini sifatida tasvirlanadi (u Kserks, Artaxshas I yoki Artaxshas II deb ham talqin qilinadi). Podshoh saroy a’yonlari va zodagonlari uchun dabdabali ziyofat uyushtirganida, shu vaqtda Vashti ham ayollar uchun alohida ziyofat uyushtirgan. Bayramning yettinchi kuni, “shohning yuragi sharobdan shod boʻlganida”, u amaldoriga shuni buyurdi:

Malika Vashtini mehmonlar va shahzodalarga goʻzalligini koʻrsatish uchun shoh huzuriga olib kelishni buyuradi. Ammo malika Vashti amaldorlar orqali yuborilgan podhohning buyrug'Ini rad etadi. Podshoh qattiq gʻazablanadi.

U maslahatchilaridan Vashtini itoatsizligi uchun qanday jazolashni so'radi. Shahzoda Memuxon malika nafaqat podshohga, balki uning qilmishi, itoatsizlik qilishi mumkin boʻlgan barcha Fors hududlariga ham ta’sir etganini aytdi. U podshohga uni tashlab, boshqa xotin topishni maslahat berdi. Artaxshas bu maslahatga amal qilib, o'z shohligining barcha hududlariga erkak o'z uyining boshlig'i bo'lishi kerakligini aytib xatlar yubordi. Keyinchalik u Vashtini[1] o'rniga Esterga uylanadi.

Ba'zilar Artaxerxes Astinga bayramda yalang'och ko'rinishni buyurgan deb hisoblashadi[2]. Raqqosalar ko'pincha qirollik mehmonlarini xursand qilishar edi, ammo fors odati bo’yicha, "malika boshqa erkaklarning xotinlariga qaraganda odamlarning ko'zidan yashirilishi shart edi"[3]. Bu ma’lumot esa tepadagi taxminni ehtimoldan yiroq qiladi.

Tarixiylik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fors podshohligi hududi

XIX asr va XX asr boshlarida Muqaddas Kitob sharhlovchilari Vashtini yunon tarixchilari tilga olgan fors malikalari bilan bogʻlashga harakat qilishgan. Manbalar Ester kitobi Artaxshas II ga ishora qiladi, deb hisoblashadi. Ushbu versiyani qo'llab-quvvatlagan doktor Yakob Xoshander Vashti Plutarx[4] tilga olgan Stateira ismli Artaxshasning xotini bo'lishi mumkinligini taxmin qildi. Ammo bu farazlarning ikkalasi ham muammoli. Amestris o'g'li Artakserks I taxtga o'tgandan keyin ham hokimiyatda qoldi. Bundan tashqari, keyinchalik olimlar Artakserks va Kserks bir xil degan taxminni rad etishdi. Stateira hayotining tafsilotlari Bibliyadagi hikoyaga mos kelmaydi, chunki u Purim voqealaridan oldin ham Artakserks II ning onasi tomonidan o'ldirilgan. (Artakserks II ning 366 ta xotini va kanizaklari boʻlgan, deb hisoblab kelinadi[5].)

At-Tabariy tomonidan qayd etilgan fors an'analarida Vashtini alohida tarixiy shaxs deb hisoblagan.

Ismining ma'nosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vashti (Vashti) ismining ma'nosi aniq emas. Zamonaviy forscha ism sifatida u "mehribonlik" deb talqin qilinadi, lekin katta ehtimol bilan u Avestoda topilgan vahishta- "eng yaxshi, zo'r" ustun sifatdoshi bilan bog'liq bo'lgan deb tariflanadi.

J. Hoshander Vashtini ham, Stateira nomini ham manbalarda yoʻq boʻlgan "vashtateira[4]" soʻzidan kelib chiqqan deb taxmin qilgan.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haramda

Midrashdagi esdaliklarga ko'ra, Vashti Bobil shohi Navuxadnazar II ning nevarasi , Amel-Mardukning nabirasi va Belshazarning qizi edi. Belshazar hukmronligi davrida Midiya va forslar Bobilga hujum qilib, tunda shaharni egallab, shohni oʻldirishdi. Vashti otasining o'limi haqida bilmagan holda, uning xonasiga qochib ketdi va u yerda shoh Doro tomonidan qo'lga olindi. Ammo Doro unga rahmi kelib, oʻgʻli Artaxshasga xotinlikka berdi.

Vashti yahudiylarni Quddusdan quvib chiqargan va Ma'badni vayron qilgan shohning avlodi bo'lganligi sababli, Midrash esdaliklarida uni bema'ni va ko’rimsiz deb tasvirlaydi[6].

“Midrash” esdaliklarida yozilishicha, Vashti siyosatdan ham yaxshi xabardor boʻlib, u podshoh bilan bir vaqtda uyushtirgan ayollar ziyofati ataylab qilingan edi. Saltanatda toʻntarishiga urinish boʻlsa, zodagonlarning ayollari garov sifatida ushlab turishni maqsad qilingan[6].

Feminizmchilar ta'rifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ester kitobining ko'plab feministik talqinlarida Astinining mast erining chaqirig'iga bo'ysunmaslik qahramonlik sifatida nishonlanadi. Dastlabki feministlar uning halolligi va jasoratini maqtashgan[7]. Feminist Yelizabet Kady Stanton shunday yozgan edi: Vashti " o'zining itoatsizligi bilan o'z davri va avlodiga ulug'vorlik qo'shdi chunki “zolimlarga qarshilik qilish Xudoga itoat qilishdir”[8].

Zamonaviy feministlar Ester kitobini hisobga olib, ba'zida Vashtining shaxsiyati va xatti-harakatlari haqida Purim hikoyasining qahramoni Esterdan ko'ra ko'proq hurmat bilan gapirishadi. Kanadalik yahudiy feminist Mishel Landsberg shunday yozadi: “Yahudiy xalqini qutqarish muhim edi, lekin shu bilan birga, Esterning itoatkor, o'zini tutib turuvchi turmush tarzi 1950-yillardagi ayolning to'liq arxetipidir. Men o'yladim: Astinga nima bo'ldi? Uning qadr-qimmati bor edi. U o'zini hurmat qilardi. U shunday degan: “Men sen va doʻstlaring uchun raqsga tushmayman”, dedi[9].

Madaniyatda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Astini obrazi 19-asr oxirida rassomlarning e'tiborini tortdi. Anglo-amerikalik shoir, huquqshunos va siyosatchi Jon Brayshou Kay Vashti haqida she'r yozgan (Vashti, 1894). She’rida u Astinini saroy fitnalari tufayli haydalgan dono va fazilatli ayol sifatida tasvirlagan. U Meta ismli yetimni asrab oldi, unga g'amxo'rlik qildi va umrining qolgan qismini yolg'izlikda o'tkazdi, lekin tabiat go'zalligi va asrab olingan qizining sevgisi bilan tirik edi.

Afro-amerikalik shoir Frensis E. U. Xarper ham shu davrda Vashti haqida she'r yozadi (Vashti, 1895). O'z-o'zini hurmat qilish unda kuchga aylanadi, buning natijasida Vashti mast qirolning chaqirig'iga kelishdan bosh tortdi. Baytning soʻnggi misralarida “Gʻamda egilgan, lekin uyat oldida bosh egmagan ayol” deyiladi.

“Gruziya mukofoti sovrindori” sifatida tanilgan Lassel Aberkrombi 40 betlik “Astin” she’rini yozgan.

Astinining haydalganiga ishora qilgan Lyusi Maud Montgomerining "Sodiqlik adashgan" qissasida, Sabin Baring-Guldning "Mechala" (1880) romanida bosh qahramonni Astiniga qiyoslaydi.

Bundan tashqari, ba'zi Injil bo'lmagan adabiy asarlarning qahramonlari, shuningdek, ingliz qo'shiqchisi Vashti Banyan Vashti nomini o’ziga taxallus sifatida oladi.

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Megillah with In-Depth Commentary—Side by Side Version | Chabad.org“. 2009-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-sentyabr.
  2. Yalkut Shimoni Esther 1049, Esther Rabbah 4, Pirke De-Rabbi Eliezer 48
  3. Jamieson-Fausset-Brown Bible Commentary
  4. 4,0 4,1 Jacob Hoschander, The Book of Esther in the Light of History, Oxford University Press, 1923
  5. „Кратковременные успехи. М. А. Дандамаев. Политическая история Ахеменидской державы. История древней Евразии“. 2016-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-sentyabr.
  6. 6,0 6,1 Segal, Eliezer. Holidays, history, and halakhah. Rowman & Littlefield, 2000. ISBN 978-0-7657-6151-4. 
  7. Stowe, Harriet Beecher. Bible heroines: being narrative biographies of prominent Hebrew women in the patriarchal, national, and Christian eras, giving views of women in sacred history, as revealed in the light of the present day. Fords, Howard, & Hulbert, 1878. 
  8. Stanton, Elizabeth. The woman's Bible: a classic feminist perspective. European Pub Co, 1895. ISBN 978-0-486-42491-0. 
  9. Horowitz, Elliott. Reckless rites: Purim and the legacy of Jewish violence. Princeton University Press, 2006. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]