Asqar Nigmatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nigmatov Asqar Nigmatullayevich
Tavallud sanasi 26-sentyabr 1954-yil (1954-09-26) (69 yosh)
Tavallud joyi Toshkent shahar, O'zbekiston Respublikasi
Ish joyi Maktabgacha ta'lim vazirligi huzuridagi MTTDMQTMO instituti
Ilmiy daraja va unvoni Geografiya fanlari doktori, professor
Mukofotlari Xalq taʻlimi aʻlochisi, Oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi aʼlochisi

Asqar Nigmatov Nigmatullayevich 1954-yil 26-sentabrda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tavallud topdi. Geografiya fanlari doktori, professor. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi (2002), Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi aʼlochisi (2007).

Oʻqish davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

1971-yil Toshkent shahridagi 144-maktabni tamomlab, soʻngra 1976-yil ToshDU (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti (OʻzMU)) Geografiya fakulteti Tabiiy geografiya yoʻnalishini bitirib, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyo institutiga ishga yuborildi. 1976—1977-yillar u ToshDU Biologiya-tuproqshunoslik fakultetida maxsus fanlardan taʼlim oldi. 1977—1988-yillarda Moskva, Baku, Kursk, Dnepropetrovsk shaharlarining ilmiy markazlarida malakasini oshirdi. 1976—1995-yillar mobaynida u Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti Tuproq eroziyasi laboratoriyasi katta laborantligidan shu institutning oʻzi tashkil etgan Tuproq eroziyasi va texnogen buzilishi boʻlimi mudirigacha boʻlgan lavozim yoʻlini bosib oʻtdi. A.N.Nigmatov aspiranturani (1980-1984 yy.) Mixail Lomonosov nomidagi MDU Geografiya fakulteti professori M.N.Zaslavskiy va OʻzR FA TAI laboratoriya mudiri, professor H.M.Mahsudov rahbarliklarida olib bordi hamda 1985-yili „Toshkent viloyatining jarlangan yerlari va ularni melioratsiya qilish“ mavzusida qishloq xoʻjaligi fanlari boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.[1] Doktoranturani (1990-1993 yy.) u Mixail Lomonosov nomidagi MDU Geografiya fakultetida professorlar G.A.Larionov va R.S.Chalovlar rahbarligida oʻtab, 1993-yili „Oʻzbekiston yerlarining jarlanishi va texnogen buzilishi: ularni melioratsiya va rekultivatsiya qilishning geografik jihatlari“ mavzusida geografiya fanlari boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.[2]

Pedagogik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning pedagogik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi Fuqarolik huquqiy bilimlar kafedrasi professori (1995-1999 yy.), Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi TDYUI Ekologiya va qishloq xoʻjalik huquqi kafedrasi professori (1999-2005 yy.), OʻzMU Geografiya fakulteti Tabiiy geografiya kafedrasi mudiri (2004-2006 yy.), OʻzMU AL va KHK bilan ishlash boʻyicha prorektor (2005-2011 yy.), OʻzMU Ekologiya kafedrasi mudiri (2011-2012 yy.), Botanika va ekologiya kafedrasi professori (2013-2014 yy.), OʻMKHTTKMOvaUQT Instituti Taʼlimda boshqaruv kafedrasi mudiri (2015-2018 yy.), MTTDMQTMO instituti Menejment kafedrasi professori lavozimlarida olib bordi va bormoqda. Oʻrindoshlik asosida A.N.Nigmatov OʻzR VM Islom universiteti Islom huquqi kafedrasi professori (2001-2005 yy.), OʻzR Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi „Bioekosan“ taʼlim muassasi ilmiy konsultanti (2001-2005 yy.), OʻzR Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi TDAU Huquqshunoslik kafedrasi mudiri (2002-2004 yy.), OʻzR Adliya vazirligi Sudyalarni malakasini oshirish markazi professori (2000-2004 yy.), OʻzMU Tabiiy geografiya va geografiya taʼlimi metodikasi kafedrasi professori (2004-2009 yy.), TDPU Geografiya taʼlimi metodikasi (2005-2007 yy. va 2012-2015 yy.), OʻzMU Oliy pedagogika instituti (Mintaqaviy markaz) professori (2006-2011 yy. va 2013-2016-y.), TIMI Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi kafedrasi professori (2015-2018yy.), Toshkent viloyati maktab oʻqituvchilarini malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti Tabiyot fanlari kafedrasi professori (2015-y.), ToshFI (2016-2017 yy.), NamDU professori (2015-2018 yy.), Qozogʻistonning 3 ta, Qirgʻizistonning 1 ta universitetlari professori (2000-2008 yy.), GulDU Ekologiya va geografiya kafedrasi professori (2018-yildan buyon) lavozimlarida pedagogik faoliyatini davom ettirdi.

Ilmiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

700 tadan ziyod oʻquv, ilmiy, ilmiy ommabop ishlar, jumladan, 13 ta monografiya, 23 ta darslik, 27 ta oʻquv qoʻllanma, 28 ta oʻquv-metodik va metodik qoʻllanma, 22 ta kitob va risola, 1 ta ixtirochilik patenti, 6 ta mualliflik guvohnomasi, 3 ta AKT dasturi, 1 ta lugʻat, 14 ta mavzuli karta, 370 tadan ziyod ilmiy va ommabop maqola va tezislarni oʻzi hamda oʻquvchilari bilan chop etgan. Uning oʻzi va rahbarligida yaratilgan 7 ta darslik va oʻquv qoʻllanma turli yillarda "Isteʼdod" jamgʻarmasining „Eng yaxshi darslik va oʻquv adabiyotlar“ Respublika tanlovi gʻoliblari qatoridan oʻrin olgan.

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi (2002) Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi aʼlochisi (2007)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]