Asmo Ibrohim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asma Ibrohim - pokistonlik arxeolog va muzeyshunos va tabiatni muhofaza qilish mutaxassisi, Pokiston Davlat bankining Muzey, arxivlar va san'at galereyasi departamenti asoschisi. Ibrohim avval Pokiston hukumati Arxeologiya va muzeylar departamenti Pokiston Milliy muzeyi direktori lavozimida ishlagan.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asma otasidan 13 yoshida ayrildi. Otasi o'limidan so'ng, u o'qishni yakunlash uchun qiyin vaqt o'tkazdi. Buning uchun u juda yoshligidan yarim kunlik ishlarni bajarishi va stipendiyalarga tayanishi kerak edi.[1]

Asma Karachi universitetining mikrobiologiya, zoologiya va kimyo yonalishlarini tamomlagan. [2] U arxeologiyaga qiziqardi, lekin Karachi universitetida arxeologiya bo'limi yo'q edi, shuning uchun u tarix bo'yicha magistrlik darajasini tanladi.

U Lahor muzeyida Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo arxeologiyasi va tarixi bo‘yicha mutaxassis Ahmad Hasan Dani kursida qatnashdi. Dani maslahati bilan u umumiy tarix ( numizmatika ) fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. [3] Ibrohimning diqqati numizmatikaga, xususan Sind va Balujistondagi Hind-Yunon qirolligi tangalariga qaratilgan edi.

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karachi universitetida tarix bo'yicha magistrlik darajasini tamomlagandan keyin, Asma Pokiston hukumati qoshidagi Arxeologiya va muzeylar bo'limiga ish kirmoqchi boldi, ammo bu bo'limda ayol kishi uchun joy yo'q edi. [3]

U 1986 yilda Uzoq Sharq nashriyotining muharriri boʻldi va 4 va 5-sinf oʻquvchilari uchun “Ijtimoiy fanlar va qadimiy tarix” boʻyicha ikkita kurs kitobini yozdi. U Travelog International jurnalida muharrir va Tribune Daily gazetasida sub muharrir bo‘lib ishlagan. U, shuningdek, Dawn uchun mustaqil yozuvchi edi. [2]

Oxir-oqibat, Federal Davlat Xizmati Komissiyasi arxeologiya va muzeylar departamentida kurator yoki direktor yordamchisi uchun ochiq lavozimni e'lon qildi. Asma bu lavozimga malakasiga ko‘ra tanlab olindi va qidiruv va qazish bo‘limiga ishga yuborildi. U vaqti-vaqti bilan Milliy muzeyga ishga o'tkazilardi.

U o'zining birinchi qazishmalariga ayol arxeolog boshchiligidagi fransuz guruhi bilan bordi. [4]

Ma'lumotnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Archaeologist jumps over hoops to pursue her passions“. The Express Tribune.
  2. 2,0 2,1 „Archaeologist-Museologist: Asma Ibrahim | artnow“ (en-US). Qaraldi: 2020-yil 4-dekabr. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":0" defined multiple times with different content
  3. 3,0 3,1 Naqvi. „I said no to marriage and dedicated my life to archaeology, says Dr Asma Ibrahim, curator of State Bank museum“ (en). Images (2017-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 4-dekabr. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":2" defined multiple times with different content
  4. „'The greatest risk to our heritage is ignorance' | British Council“ (en). www.britishcouncil.org. Qaraldi: 2020-yil 4-dekabr.