Ash-Shamaʼ masjidi
Masjid | |
Ash-Shamaʼ masjidi
مسجد الشمعة | |
Manzil | Hayy an-Najjarin, az-Zaytun kvartal, Gʻazo, Gʻazo sektori |
Meʼmoriy uslub | Mamluk |
Binokorlik | ???—1315 |
Minoralar soni | 0 |
Minoralar soni | 0 |
Ash-Shamaʼ masjidi yoki Bab ad-Darum masjidi (arabcha: مسجد الشمعة) — Gʻazoning Eski shahridagi az-Zaytun kvartalidagi Hayy an-Najjarin (Dadgorlar mahallasi)da joylashgan tarixiy masjid. Shamaʼ nomi „Sham“ deb tarjima qilingan boʻlsa-da, ismning kelib chiqishi nomaʼlum. Masjidning minorasi yoʻq[1]. 1315-yil 8-martda Gʻazoning Mamluk gubernatori Sanjar al-Javli tomonidan qurilgan[2][3].
Masjidning al-Javliy va oʻsha paytda hukmronlik qilgan Mamluk sultoni al-Nosir Muhammad tomonidan vaqf qilinganligi haqidagi yozuv avval qurilgan al-Javli masjidiga tegishli boʻlgan. Bu masjid 1799-yilda Napoleonning Gʻazoga bostirib kirishi paytida vayron qilingan. Uning toshlari keyinchalik Gʻazodagi boshqa binolar uchun ishlatilgan, uning yozuvi esa Shamaʼ masjidiga biriktirilgan. 14-asrda qurilganidan beri ash-Sham’a masjidi koʻplab taʼmirlash va restavratsiyalardan oʻtdi[4].
1355-yilda unga Ibn Battuta tashrif buyurib, quyidagi qaydni qoʻygan edi: „Gʻazoda goʻzal juma masjidi (Gʻazo masjidi) bor edi, ammo bu kunlarda amir al-Javliy tomonidan qurilgan masjidda juma marosimi oʻtkaziladi. Binoning minbari oq marmardan qilingan“. 15-asr islom olimi as-Saxaviy 1440-1441-yillarda xatib Yusuf al-Gʻazziy masjid imomi boʻlganini eslatib oʻtadi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻshimcha oʻqish uchun
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Meyer, Martin Abraham. History of the city of Gaza: from the earliest times to the present day. Columbia University Press, 1907.
- Sharon, Moshe. Corpus Inscriptionum Arabicarum Palaestinae, G. BRILL, 2009. ISBN 978-90-04-17085-8.