Kontent qismiga oʻtish

Arxitekturniye pamyatniki Zarafshanskoy dolini

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Arxitekturniye pamyatniki Zarafshanskoy dolini
Asl nomi ruscha: Архитектурные памятники Зарафшанской долины
Muallif(lar) Poʻlat Zohidov
Muharrir(lar) V. Medvedyeva
Mamlakat SSRI
OʻzSSR
Til ruscha
Janr(lar)i ilmiy nashr
Nashr etilgan sanasi 1985-yil
Nashriyot Oʻzbekiston
Sahifalar soni 64

Arxitekturniye pamyatniki Zarafshanskoy dolini (ruscha: Архитектурные памятники Зарафшанской долины) — Oʻzbekistonning Zarafshon vodiysidagi meʼmoriy yodgorliklar toʻgʻrisida qoʻllanma (broshyura). 1985-yil Toshkent shahrida „Oʻzbekiston“ nashriyotida chop etilgan[1].

Ilmiy nashr muallifi — Poʻlat Zohidov. Kitobni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etishgan: V. Medvedyeva — muharrir, V. Tiy — rassom, A. Saibnazarov — rasmlari muharriri, T. Xaritonova — texnik muharrir, G. Volkova — musahhih. Kitob adadi — 2 000 nusxa[1].

Muallif kitobda, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi oʻziga xos meʼmorlikni, turli xil davrlarni, xalq meʼmorlari sanʼatini aks ettiruvchi eng xarakterli yodgorliklarni oʻquvchilar eʼtiboriga havola etadi[1]. Kitobda asosan davlat muhofazasida boʻlgan meʼmoriy yodgorliklar haqida maʼlumotlar keltirilgan boʻlib, unda shuningdek mashhur shaharlardan chekkada joylashgan, kam maʼlum boʻlgan bir-nechta yodgorliklar toʻgʻrisida ham soʻz boradi[1].

Kitob Markaziy Osiyoning meʼmoriy merosiga qiziquvchilar uchun, shuningdek keng kitobxonlar uchun moʻljallangan[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Захидов 1985.
  • Захидов П Архитектурные памятники Зарафшанской долины — Узбекистан. — Т., 1985. — P. 64.