Artemida ibodatxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Artemida ibodatxonasi modeli


Artemida yoki Artemis ibodatxonasi ( yunoncha: Ἀrémoįsón; turkcha: Artemis Tapınağı), shuningdek, Qadimgi Rimda Diana ibodatxonasi sifatida ham tanilgan, maʼbuda Artemida sharafiga bagʻishlangan yunon ibodatxonasi. U Efesda (hozirgi Turkiyaning hozirgi Selchuk shahri yaqinida) joylashgan. Milodiy 401-yilga kelib u vayron qilingan. Hozirda ibodatxonaning poydevori va parchalari qolgan.

Ibodatxona qadimgi Bronza davrida Ion qurilish uslubi asosida barpo etilgan. Yunon shoiri Kallimax oʻzining Artemida madhiyasida buni Amazonkalarga bogʻlagan. Miloddan avvalgi VII asrda toshqin natijasida vayron boʻlgan. Uning rekonstruksiyasi miloddan avvalgi VI asr oʻrtalari (550-yil) kritlik meʼmor Chersifron va uning oʻgʻli Metagenes tomonidan boshlangan. Loyiha Lidiyalik Krez tomonidan moliyalashtirilgan va 10 yil davom etgan. Ibodaxonaning rekonstruksiyasi miloddan avvalgi 356-yilda Gerostrat tomonidan oʻt qoʻyish natijasida vayron qilingan.

Efesliklarning oʻzlari tomonidan moliyalashtirilgan ibodatxonaning eng buyuk va oxirgi shakli Sidonlik yozuvchi va shoir Antipaterning dunyoning yetti moʻjizasi roʻyxatida quyidagicha tasvirlangan:

Men jang aravalari uchun yoʻl boʻlgan baland Bobil devorini, Alfey yonidagi Zevs haykali, Semiramida bogʻlari, Quyoshning ulkan qudugʻi, baland piramidalarning ulkan mahobati va Mavsolning ulkan qabrini koʻrdim; lekin bulutlar ustiga koʻtarilgan Artemidaning uyini koʻrganimda, boshqa moʻjizalar oʻzining yorqinligini yoʻqotdi va men: „Mana, Olimpdan tashqari, Quyosh hech qachon bunchalik buyuk koʻrinmasdi“, dedim.[1]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Artemida ibodatxonasi qurilish tarixi uch davrga boʻlinadi.

Ilk davr[tahrir | manbasini tahrirlash]

Artemida ibodatxonasi qoldiqlari

Ilk davr ibodatxonasi Bronza davrida Ion xalqlari tomonidan qurilgan. Efesdagi muqaddas joy Artemida ibodatxonasidan ancha qadimiyroq boʻlgan. Yunon sayyohi Pausanias bu koʻp yillar davomida oldin paydo boʻlganiga amin edi, hattoki Apollon ziyoratgohidan ham eskiroq edi. Uning aytishicha, shahar aholisi leleglar va lidiyaliklar boʻlgan. Kallimax oʻzining Artemida madhiyasida Efesdagi eng qadimgi muqaddas qadamjolarni Amazonkalarga(afsonaviy jangchi-ayollar)ga bogʻlagan, ularning diniy amallari allaqachon maʼbuda Artemida tasviriga qaratilgan deb hisoblagan. Pausanias Efesdagi muqaddas joy Amazonkalardan avvalroq paydo boʻlgan deb hisoblagan.[2]

Miloddan avvalgi VII asrda toshqin ionlar ibodatxonasini vayron qilib yuboradi. Toʻfon qoldiqlari orasida griffinning oʻyilgan fil suyagidan yasalgan plaket qoldiqlari va aftidan Shimoliy Suriyaga tegishli boʻlgan hayot daraxti va elliptik kesmadagi burgʻulangan koʻz yoshi shaklidagi amber tomchilari topiladi. Ular, ehtimol, bir vaqtlar Efes xonimining yogʻochdan yasalgan haykalini qoldiqlari boʻlishi mumkin. Bammerning taʼkidlashicha, bu joy suv toshqiniga moyil boʻlgan va miloddan avvalgi VIII-VI asrda taxminan 2 metr va miloddan avvalgi VI-IV asrlar orasida yana 2,4 m balandlikda loy qatlamlari bilan koʻtarilgan boʻlsa-da, uning toshqinlarga bardosh berishi "haqiqiy oʻziga xoslikni saqlab qolishdan dalolat beradi.[3]

Ikkinchi davr[tahrir | manbasini tahrirlash]

Artemida ibodatxonasi qurilishi

Ibodatxonaning yangi davriga Lidiya imperiyasiga asos solgan va Efesning hukmdori boʻlgan Krez homiylik qilgan. U miloddan avvalgi 550-yillarda Krit meʼmori Chersifron va uning oʻgʻli Metagenes tomonidan ishlab chiqilgan va qurilgan. Uzunligi 115 m (377 fut) va kengligi 46 m (151 fut) edi, bu marmardan qurilgan birinchi yunon ibodatxonasi edi. Artemida ibodatxonasining 36 ta ustuni boʻrtma naqshlar bilan bezatilgan.

Miloddan avvalgi 356-yilda ibodatxona yonib ketdi. Turli manbalarda ushbu yongʻinga Gerostrat sababchi qilib koʻrsatiladi. Bu gʻazab uchun Efesliklar jinoyatchini oʻlimga hukm qildilar va hammaga uning ismini tilga olishni taqiqladilar; lekin Teopompus buni keyinroq qayd etgan. Aristotelning „Meteorologiya“ asarida ibodatxonadagi yongʻin tasvirlangan, lekin uning sababi emas.[4] Yunon va Rim tarixiy anʼanalarida ibodatxonaning vayron boʻlishi Iskandar Zulqarnaynning tugʻilishiga toʻgʻri keldi (miloddan avvalgi 356-yil 20-21-iyul). Plutarxning taʼkidlashicha, Artemida oʻzining yonayotgan ibodatxonasini saqlab qolish uchun Iskandarni saqlab qolish uchun harakat qiladi.


Soʻnggi davr[tahrir | manbasini tahrirlash]

Artemida ibodatxonasining qayta tiklanishi mil.avv. IV asr

Iskandar Zulqarnayn ibodatxonani qayta qurish uchun pul toʻlashni taklif qildi, ammo Efesliklar xushmuomalalik bilan rad etib, "bir xudo boshqasiga ibodatxona qurishi notoʻgʻri boʻladi"[5] va oxir-oqibat, oʻz mablagʻlari evaziga Aleksandr oʻlimidan keyin uni qayta qurdilar. Ish miloddan avvalgi 323-yilda boshlangan va uzoq yillar davom etgan. Uchinchi qurilish ikkinchisidan kattaroq edi; Uzunligi 137 m (450 fut), kengligi 69 m (225 fut) va balandligi 18 m (60 fut), 127 dan ortiq ustunlar iborat boʻlgan. Afinalik Afinagor Artemida obrazining haykaltaroshi sifatida Dedalning shogirdi Endoeusni oʻz kitobida qayd etadi.[6]

Ibodatxona xristianlar tomonidan yopilganidan keyin bino qancha vaqt turgani nomaʼlum. Hech boʻlmaganda ibodatxonadagi toshlarning bir qismi boshqa binolarni qurishda ishlatilgan. O'rta asrlarning soʻnggi afsonasiga koʻra, Ayasofiyadagi baʼzi ustunlar Efesdagi Artemida ibodatxonasidan olingan.[7]

Topilmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Artemida ibodatxonasi savdogarlar, shohlar va sayyohlar tashrif buyuradigan muhim diqqatga sazovor joyga aylandi, ularning koʻpchiligi Artemidaga zargarlik buyumlari va turli xil tovarlar koʻrinishida hurmat koʻrsatdilar. Shuningdek, u quvgʻin yoki jazodan qochganlar uchun boshpana boʻlgan. Diogen Laertiusning taʼkidlashicha, faylasuf Geraklit Efesdagi fuqarolik hayotidan mutlaqo norozi boʻlgan, ammo keyinchalik oʻz asarlarini u yerda saqlagan.[8]

Qoldiqlar

Britaniya muzeyida saqlangan ibodatxona ustunlarining eng past barabanlaridagi barelyef boʻlaklari keyingi ibodatxonaning boyitilgan ustunlari boʻlganligini koʻrsatadi, ulardan bir nechtasi saqlanib qolgan. Faylasuf Pliniyning taʼkidlashicha, yangi ibodatxona meʼmorlari zilzilalardan ehtiyot boʻlish uchun uni botqoq yerlarda, pastki poydevor qatlamlarini jun va maydalangan koʻmirdan qurishni tanlaganlar.



Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joylashgan oʻrni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Artemida ibodatxonasi (Artemis) qadimgi Efes shahri yaqinida, Turkiyaning zamonaviy port shahri Izmirdan 75 km (47 milya) janubda joylashgan. Bugungi kunda Selchuk shahrining chekkasida joylashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. [[1]]https://en.wikipedia.org/wiki/Greek_Anthology
  2. [[2]]https://www.theoi.com/Text/Pausanias8C.html
  3. [[3]]https://www.jstor.org/stable/3642799
  4. [[4]]http://classics.mit.edu/Aristotle/meteorology.3.iii.html
  5. [[5]]A Peripteros of the Geometric Period in the Artemision
  6. [[6]]Strabon „Geografiya“ asari
  7. [[7]]Vizantiya arxitekturasi
  8. [[8]]Diogen Laertius „Geraklit“ asari

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • [9]worldhistory
  • [10]penelope.uchicago.edu
  • [11]www.sacred-texts.com
  • [12]www.history.com