Arashon buva ziyoratgohi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arashon ziyoratgohi – ziyoratgoh Qurama qishloq fuqarolar yigʻinining togʻli hududida joylashgan boʻlib, hozirda Namangan viloyati Pop tumani hududiga qarashli hisoblanadi. U yerni ziyorat qilganlar bunda mavjud boʻlgan buloq suvidan ham ichadilar. Ziyoratgoh togʻli hududning yuqori qismida joylashganligi bois ziyoratchilar asosan, yoz oylarida boradilar. A.Shevyakovaning yozishicha, buloqdan taxminan 50 metr narida qadimgi masjid oʻrni va qabrlar mavjud boʻlgan. Arashon (sankritcha arasan – obihayot) – issiq mineral suvli buloq. Arashon, asosan, geografik nomlar tarkibida kelgan. Arashon, arasan, arshan shakllarida Sibirda va Oʻrta Osiyoda juda koʻp joy nomlari tarkibida uchraydi. XX asrning 20-yillarida Oqtovdagi milliy ozodlik harakatining yoʻlboshchisi Said Eshon Arashon buva ziyoratgohining shayxi edi. Unda bobolaridan inom etilgan Arashon haqidagi hujjat saqlanib qolgan. Said Eshonning nabirasi Malik Marahimovning uyida saqlanayotgan risola oʻrganib chiqilib tadbiq etildi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. БАХТИЁР ЭРАЛИЕВ ИКРОМИДДИН остонацулов НОДИРЖОН АБДУЛАХАТОВ. Тошкент еилояти еа Тошкент шахри.