Araqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Araqi – me’moriy bezak; binolarni bezashda ishlatiladigan handasiy naqsh. Ishlanishi jihatidan muqarnas, sharafani eslatadi. Chizmasining sod-daligi, kam qatlamligi va qatlamlarni bog‘lovchi handasiy shakllarning yotiq, qiya o‘yilishi (yelpig‘ichsimon bo‘lishi) bilan ulardan farq qiladi. Sharq, jum-ladan, O‘zbekiston me’morligida keng qo‘llaniladi. 5, 6, 7, 8 va undan ortiq burchakli yulduzlari bo‘lishi mumkin. Muqarnas kabi yarim aylana, aylanali joylar – tokcha, taxmon va eshik te-palariga, sharafa singari tekis devor yoki taxtaga yonma-yon takrorlanib, da-vom ettirib ishlanadi. A. ganch va yog‘och o‘ymakorligida keng tarqalgan. Mas, Us t a Shirin Murodov bezagan Toshkent kuranti karnizi (1947). g‘ozir yog‘ochga o‘yib yoki bo‘yab ishlanadigan A.ning sodda turi keng qo‘llaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil