Arab bo'risi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arab bo'risi- ilgari Arabiston yarim orolida tarqalgan oddiy bo'rining (Canis lupus arabs) kichik turi, hozirda Isroil janubida, Ummon, Yaman, Iordaniya, Saudiya Arabistoni va Sinay yarim orolining ayrim cheklangan hududlarida uchraydi.

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arab bo'risining urg'ochisi.

Arab bo'risi cho'lda yashashga moslashgan o'rta bo'yli bo'ri bo'lib, uning balandligi taxminan 66 sm va og'irligi 18 kilogrammni tashkil qiladi. Quloqlari boshqa bo'rilardan farqli, tana o'lchamiga nisbatan nomutanosib ravishda katta tuzilgan. Bu esa tananing termal nurlanishini tarqatish uchun vosita hisoblanadi. Bundan tashqari, arab bo'rilari katta to'dalarda yashamaydilar, lekin uch-to'rtta hayvondan iborat juft yoki guruhlarda ov qilishadi. Yana bir g'ayrioddiy kichik tur - bu bo'rilarning qanday ovoz chiqarishini hech kim eshitmagan[1]. Arab boʻrisi boshqa boʻrilar orasida ham oʻziga xos xususiyatga ega, chunki uning panjalaridagi oʻrta ikki barmoq bir-biriga yopishgan boʻlib, bu xususiyat avvallari gienalarga xos boʻlgan[2]. Boshqa bo'rilar singari, arab bo'risining ko'zlari sariq, ba'zilari jigarrang bo'lsa-da, bu turning bir qismi endi naslli emasligini va ularning ajdodlari yovvoyi itlar bilan aralashganligini ko'rsatadi.

Ozuqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arab bo'rilari qo'chqordek kattalikgacha bo'lgan har qanday uy hayvonlariga hujum qilib, yutib yuborishi mumkin. Buni oqibatida, dehqonlar ularni otib, zaharlab, ularga tuzoq qo'yadi. Suningdek, quyonlar, kemiruvchilar, tuyoqlilar va turli o'lik hayvonlar ham arab bo'rilari uchun ozuqa bo'lib xizmat qiladi.

Hozirgi holati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ummonda ov taqiqlanganidan keyin bo'rilar soni sezilarli darajada oshdi. Nisbatan yaqin kelajakda mintaqaning bir qancha hududlarida arab bo'rilari populyatsiyasining tiklanishi ehtimoli katta. IsroildagiNegev va Aravada bu bo'rilar soni 100-150 tani tashkil qiladi.

Aholi e'tiqodida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholining diniy e'tiqodiga ko'ra, Arab bo'risi ko'pincha Muqaddas Yozuvlarda (Sirax 13:21; Matto 7:15) suruvlarning dushmani, xiyonat, shafqatsizlik va qonxo'rlikning ramzi sifatida tilga olingan. Benyamin qabilasi jangariligi uchun bo'riga qiyoslangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Lopez, Barry. Of wolves and men, 1978 — 320 bet. 
  2. Macdonald, David. The Velvet Claw, 1992 — 256 bet.