Anus
Jump to navigation
Jump to search
![]() | Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan, yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring. |
Anus, anal teshik – to‘g‘ri ichakning oxirgi qismi – orqa chiqaruv teshigi. A. dastavval mustaqil rivojlanib, keyin to‘g‘ri ichakning pastki qismiga ochiladi. Baʼzan to‘g‘ri ichak bilan A. o‘rtasida parda saqlansa, chaqaloqda ich bo‘shalmaydi. Bunda jarrohlik yo‘li bilan parda teshiladi. A. devorining ichki, shilliq qavati uzunasiga joylashgan burmalardan iborat bo‘lib, vena qon tomiri chig‘allariga boy. A.ning muskul qavati ko‘ndalang-targ‘il muskullardan iborat bo‘lib, ixtiyoriy qisqaradi.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |