Anvar Gʻofurov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Anvar Xusainovich Gʻofurov (1982-yil 14-mayda tugʻilgan; Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻynagan oʻzbek futbolchisi. 2000-yildan Oʻzbekistonning bir-nechta futbol klublari safida va 2007—2010-yillarda Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasida himoyachi sifatida toʻp surgan[1]

Martaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anvar Gʻofurov professional faoliyatini 2000-yilda „Jizzax Soʻgʻdiyona“ jamoasida boshlagan. 2002-yilda Toshkentning "Paxtakor" klubiga oʻtgan boʻlsa, 2003-yilda esa Namanganning „ Navbahor“ klubi bilan shartnoma imzoladi.[2]. 2005-yilda Anvar Samarqandning "Dinamo" jamoasiga oʻtgan, biroq bor yoʻgʻi bir mavsum oʻynab, „ Mashal“ jamoasiga oʻtgan. Gʻofurov 2008-yilgacha „Mashal“da toʻp urgan boʻlsa, keyingi yili Toshkentning „ Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Gʻofurov shu vaqtga qadar „Bunyodkor“ bilan 84 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.[3]

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

A. Gʻofurov Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi tarkibida 2007-yilda maydonga tusha boshlagan. 2010-yilda terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan[4]. Umumiy hisobda u milliy terma jamoa safida 21ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urgan[5].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Paxtakor“
  • Oʻzbekiston chempioni: 2002-yil
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2002-yil
„Mashal“
  • Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori: 2007-yil
„Bunyodkor“
  • Oʻzbekiston chempioni: 2009, 2010, 2011, 2013
  • Oʻzbekiston vice-chempioni: 2012
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2010, 2012, 2013
  • Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2009, 2014
  • Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2013

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]