Anpachi (Gifu)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anpachi

安八町
Shaharcha
Skyline of Anpachi
Anpachi
Bayroq
Anpachi
Gerb
35°20′7.2″N 136°39′55.4″E / 35.335333°N 136.665389°E / 35.335333; 136.665389 G OKoordinatalari: 35°20′7.2″N 136°39′55.4″E / 35.335333°N 136.665389°E / 35.335333; 136.665389 G O
Mamlakat Yaponiya
Mintaqa Chubu viloyati
Maydon 18.19 km2 (7.02 mi²)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2018-yil 1-dekabr)
15 072
Zichligi 830 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0584-64-3111
Anpachi xaritada
Anpachi
Anpachi

Anpachi (yaponcha: 安八町 Anpachi-chō?) Yaponiyaning Gifu prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2018-yil 1-dekabr holatiga koʻra, shaharda 5291 ta xonadonda 15072 nafar aholi istiqomat qilgan[1], aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 830 kishini tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 18,16 kvadrat kilometrni tashkil etdi (7,01 mi²).

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anpachi Gifu prefekturasining janubi-gʻarbiy hududida, Nobi tekisligining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. Shahardan Ibi daryosi va Nagara daryosi oqib oʻtadi. Shahar botqoqli tekisliklarda bunyod etilgan boʻlib, koʻpincha suv toshqinlari yuzaga kelishi kuzatiladi.

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar issiq va nam yoz hamda yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Anpachida oʻrtacha yillik harorat 15,4 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik miqdori 1877 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 27,7 °C, eng past harorati esa yanvarda, 4,1 °C atrofida boʻladi[2].

Qoʻshni munitsipalitetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Ampachi aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib qolgan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
197012,354—    
198013,901+12.5%
199015,085+8.5%
200015,078−0.0%
201015,271+1.3%
202014,355−6.0%

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anpachi atrofidagi hudud anʼanaviy Mino viloyatining bir qismi boʻlgan va „Anpachi“ nomi Nara davri yozuvlarida, shu jumladan Nihon Shokida ham uchraydi. Edo davrida u asosan Ōgaki domeni tomonidan nazorat qilingan. Meiji restavratsiyasidan keyingi kadastr islohotlari davomida hudud Anpachi tumani tarkibida tashkil etilgan. 1955-yilda Musubu, Namori va Maki nomli uchta qishloq birlashib, Apache qishlogʻini tashkil etgan. 1960-yil 1-aprelda Anpachi shaharcha maqomini oldi[4].

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalliy iqtisodiyotning asosiy tarmogʻi qishloq xoʻjaligi (guruch, sabzavot, sut, parrandachilik) va yengil sanoat (kompyuter bilan bogʻliq mahsulotlar, sut mahsulotlari, kimyo) mahsulotlari husoblanadi.

Taʼlim tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anpachida uchta davlat boshlangʻich maktabi hamda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda yuqori maktab mavjud emas.

Transport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temir yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharda yoʻlovchi temir yoʻl qatnovi mavjud emas.

Magistral yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Meishin tezkor yoʻli
  • Milliy yoʻnaish

Mahalliy diqqatga sazovor joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharda uzunligi 300 m dan ortiq boʻlgan fotovoltaik energiya ishlab chiqarish inshooti Quyosh Arkasi joylashgan[5].

Qardosh shahar munosabatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiyada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chet elda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anpachilik taniqli odamlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Omori tarixiy yodgorlik majmuasi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ampachi town official statistics(yaponcha)
  2. Anpachi climate data
  3. Anpachi population statistics
  4. „History of Anpachi“ (Japanese). Anpachi official website. 2011-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-avgust.
  5. „Sun Ark“ (Japanese). Anpachi official website. 2011-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-avgust.
  6. „International Exchange“ (English). List of Affiliation Partners within Prefectures. Council of Local Authorities for International Relations (CLAIR). Qaraldi: 2015-yil 21-noyabr. [sayt ishlamaydi]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]