Anoraxon Qosimoxunova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anoraxon Qosimoxunova
Anarxan Mamasadikovna Kasimaxunova
Tavalludi 27-sentyabr 1954-yil (1954-09-27) (69 yosh)
Qorasuv, Oʻsh, Qirgʻiziston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Fargʻona politexnika instituti
Taʼlimi Fargʻona politexnika instituti
Ilmiy darajasi texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Anoraxon Mamasodiqovna Qosimoxunova, Anarxan Mamasadikovna Kasimaxunova (1954-yil 27-sentyabr, Qorasuv shahri, Oʻsh viloyati, Qirgʻiziston SSR) — oʻzbekistonlik olima, texnika fanlari doktori, professor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anoraxon Qosimoxunova 1954-yil 27-sentyabr Oʻsh viloyati Qorasuv shahrida xizmatchi oilasida tugʻilgan. 1970-yilda Fargʻona politexnika institutini energetika fakultetiga oʻqishga qabul qilingan[1]. 1975-yilda insitutni tugatgach, „Elektr yuritma“ kafedrasida tadqiqotchi lavozimiga tayinlangan va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Kibernetika institutida tadqiqot ishlarini olib borgan. 1979-1984-yillarda Fargʻona politexnika institutida „EAPU“ kafedrasi oʻqituvchisi, 1984—1985-yillarda energetika fakultetining dekani muovini, dekan vazifasini bajaruvchi, 1986—1994-yillarda „Elektr yuritma“ kafedrasining dotsenti, 1994—1996-yillarda „Elektr “ kafedrasining katta ilmiy xodimi, 1996—2001-yillarda „Elektr yuritma“ kafedrasining dotsenti, 2001—2004-yillarda „Iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻlimi“ning boshligʻi, 2004—2009-yillarda „Elektr energetikasi“ kafedrasining mudiri, 2009—2010-yillarda „Energetika“ fakultetining dekani lavozimida ishlagan. 2010-yilning mart oyidan „Elektr energetikasi“ kafedrasining professori lavozimida ishlab kelmoqda[1].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1976—1979-yillarda Leningrad shahridagi Butunittifoq tok manbalarini ilmiy tadqiqot, loyiha-konstruktorlik va texnologik tekshirish institutining aspiranturasida oʻqigan. 1982-yil 2-oktyabrda „Fototermobatareyalar yordamida quyosh va issiqlik energiyasini toʻgʻridan toʻgʻri elektr energiyasiga aylantirishni tadqiqot qilish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, texnika fanlari nomzodi ilmiy unvoniga ega boʻlgan. 2003-yili „Fototermobatareyalarning ekspluatatsion ish rejimlarini tadqiqot qilish“ mavzuzida doktorlik dissertatsiyasini yarim oʻtkazgichlar va dielektriklar fizikasi ixtisosligi boʻyicha yoqlab, texnika fanlari doktori ilmiy darajasiga, 2010-yili professor ilmiy unvoniga ega boʻldi. 2017-yilda „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan[2][3]. 350 dan ortiq ilmiy ishlar, shundan 9 ta monografiya, 3 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanmasi, 6 ta ixtiro 1 ta foydali model muallifi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 
  2. „Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan bir guruh ayollarni mukofotladi“ (2018-yil 7-mart).
  3. „8 mart–Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida“ (2018-yil 8-mart).

Andoza:OʻTOE