Kontent qismiga oʻtish

Anna Frank kundaligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yosh qizning kundaligiAnna Frank kundaligi. Bu Ikkinchi jahon urushi davrida Anna Frank tomonidan Holokost natijasida oilaviy tutqunlikka duchor bo'lgan yillarini hikoya qiluvchi avtobiografik, kundalik tarzidagi kitob. Franklar oilasi 1944-yilda hibsga olinadi va Anna Frank 1945-yilda Bergen-Belsen konsentratsion lagerida tif kasalligi oqibatida vafot etadi. Annaning kundaligi Miep Gies va Bep Voskuijl tomonidan saqlab qolinadi. Va Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyingina Annaning otasi Otto Frank(oilaning yagona omon qolgan a'zosi)ga topshiriladi.

O'sha vaqtdan boshlab kundalik 70 dan ortiq tillarda chop etilgan. Ilk nashr nomi Het Achterhuis edi. Kundalikning 1952-yildagi inglizcha (Anne Frank: The Diary of a Young Girl) nashri ommaviy, tanqidiy mulohazalarga sabab bo'ldi. Asardan ilhomlangan Frances Goodrich va Albert Hackett 1955-yilda Anna Frankning kundaligi dramasi hamda 1959-yilda xuddi shu nomli kinoni ham yaratishdi. Ushbu kitob XX asrning eng yaxshi kitoblari ro'yxatida ham mavjud[1][2][3][4].

Kitob klassik "Qadrli kundalik..." shaklida yoki yozuvchining oʻzi-oʻziga xatlaridan iborat emas. Anna sovg'a qilingan kundalikni "Kitti" deb ataydi. Shuning uchun deyarli barcha xatlar Kittiga qarata yoziladi[5]. 1944-yil 29-martda Gollandiyaning quvg'indagi ta'lim, sanʼat va fan vaziri boʼlgan Gerrit Bolkeshteynning London radiosidagi: maktublar, oddiy kundalik yozishmalar — fashistlar istilosi davrida tinch aholining azob-uqubatlariga guvohlik beruvchi arxiv hisoblanadi, mazmunidagi nutqini eshitgan Annaning yurak tubidagi yozuvchi boʼlish haqidagi orzulari yanada kuchayadi. 1944-yilning 20-mayida u oʻz kundaligini boʻlajak oʻquvchilarni hisobga olib, qaytadan yozishni boshlaganini taʼkidlaydi. Shu kundan boshlab qaydlari koʼlamini kengaytiradi va ularning barchasida Kitiga murojaat qilib, yaxlit shaklga keltiradi, vaziyatlarni yaqqolroq yorita boshlaydi, taxalluslar ro'yxatini tayyorlaydi, unchalik qiziq emas yoki oʼqilishi sayoz deb o'ylagan qismalrini kesib tashlaydi.

Anna Frank yozgan kundalikning ikki turdagi versiyasi mavjud. U dastlab birinchi versiyasini xomaki yozuvlar, kundalik fikr-mulohazalar tarzida, 1944-yilda radioda urush davrini hujjatlashtirish uchun shu davridagi kundaliklarni to'plash kerakligini eshitib qolgach, ikkinchi versiyani tartib va aniq detallar bilan yorita boshlaydi.

Ingliz tilidagi nashr

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1950-yilda Nemis tarjimoni Rosey E. Pool kundalikning ingliz tilidagi ilk variantini tayyorladi. Lekin bu variant ayrim sabablarga koʼra nashr etilmaydi. 1950-yil oxiriga kelib ingliz tilidagi versiyani Barbara Mooyaart-Doubleday tarjima qilib, Valentin Mitchell nashriyoti bilan hamkorlikda keyingi yilning oxirida Otto Frankning iltimosiga koʻra ochirilgan parchalar bilan birga chop etadi.

Boshqa tillardagi nashr

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asar 1950-yilda ingliz tiliga chop etilishdan oldin nemis va fransuz tillariga tarjima qilingan[6]. Tanqidiy varianti xitoy tiliga ham tarjima qilingan[7]. 2014-yilga kelib esa 65 ta tilda 35 milliondan ortiq nusxada nashr etildi[8]. 2019-yilga kelib, Anna Frank Uyi veb-saytidagi qaydlar 70 dan ortiq tilga tarjimal qilindi[9].

  1. „Top 10) definitive book(s) of the 20th century“. The Guardian.
  2. „List of the 100 Best Non-Fiction Books of the Century, #20“. 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 28-iyul.
  3. Books of the Century: War, Holocaust, Totalitarianism, 1996. ISBN 978-0-19-511790-5. 
  4. „Top 100 Books of the 20th century, while there are several editions of the book. The publishers made a children's edition and a thicker adult edition. There are hardcovers and paperbacks, #26“.
  5. 5 Things You Don't Know about Anne Frank and Her Diary.
  6. „Origin“. Anne Frank Fonds. Qaraldi: 2016-yil 15-yanvar.
  7. See Frank 1947
  8. Berger, Joseph. „Recalling Anne Frank, as Icon and Human Being“. The New York Times (2014-yil 4-noyabr). 2017-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
  9. „The diary“. Anne Frank House (2018-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 7-iyun.