Kontent qismiga oʻtish

Angélique Kidjo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Angélique Kpasseloko Hinto Hounsinou Kandjo Manta Zogbin Kidjo (/ˌɒ̃ʒəˈliːk ˈkɪdʒuː,ˈkɪ dʒoʊ/;[1][2][3] 14-iyul 1960-yil) — yozuvchi, aktrisa, shuningdek mashhur filimlarda rol ijro etgan. Kindjo, ijodkorlar oilasida tugʻilgan. Uning otasi musiqachi, onasi esa xareograf va teatr rejissyori sifatida faoliyat yuritgan[4]. Kandjo besh marta Grammy mukofotini qoʻlga kiritgan. 2023-yil Polar musiqa mukofoti laureati boʻlib xizmat qilgan[5]. 2007-yilda Time jurnalida „Musiqa yulduzi“ nomiga sazovor boʻlgan[6]. Kindjo 2021-yil 23-iyul kuni Tokio 2020 Olimpiya oʻyinlari ochilish marosimida qoʻshiq koʻylagan, va bu barchaga manzur kelgan[7]. 2021-yil 15-sentyabrda Time jurnalida dunyodagi Eng taʼsirchan 100 kishi roʻyxatiga kiritilgan[8]. Angelique Kidjo Bono, Branford Marsalis, Jon Legend, Jimmy Buffett, Peter Gabriel, Aliciya Key, Karlos Santana, Josh Groban, Filip Glass, Sting, Ziggi Marli, Yemi Alade, Burna Boy, Johnny Klegg, Dave Matthews, Tina Turner, Alpha Blondy va Davido kabi koʻplab sanʼatkorlar bilan hamkorlik qilgan. Kindjoning, Logozo albomi Vice jurnalining Thump veb-sayti tomonidan Nafs albomlari roʻyxatida 37-oʻrinni egallagan[9]. Kindjo besh tilda mukkamal soʻzlasha olgan: Fon, frantsuz, Yorubá, Gen (Mina) va ingliz tillarida[10]. Kidjo 2021-yilda Josh Groban bilan, „Malaika“ qoʻshigʻini birgalikda ijro etishgan, shuningdek koʻp vaqt oʻtmay „Malaika“ qoʻshigʻi orqali mashhurlikga erishgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kidjo hozirgi Benin shahrida, tugʻilgan[11]. Uning otasi Ouida Fon xalqi, onasi Yoruba xalqiga mansub boʻlgan. Kidjo, yorub va beninelik anʼanaviy musiqalar, Miriam Makeba, Hugh Masekela, Jeyms Braun, Manu Dibango, Otis Redding, Jimi Hendrix, Fela Kuti, Stevie Wonder, Osibisa va Santana tinglash bilan oʻsgan[12].

2017-yilda Kidjo

Kidjo, oʻzining maktab davirlarida, Les Sphinx-da qoʻshiq kuylashni boshlagan. Koʻp vaqt oʻtmay Miriam Makebaning „Les Trois Z“ ning milliy radioda ijro etilgan musiqasi bilan tanilgan. Keyinchalik „Ninive“, „Gbe Agossi“ kabi qoʻshiqlarini ijro etishni boshlagan. 1983-yilda Kidjo ota-onasi bilan Parij koʻchib ketishgan. Kidjo, yoshligidan Huquq faniga qiziqqan, ammo musiqa yunalishini tanlagan. Kidjo, Parijdagi nufuzli jazz maktabida oʻqish uchun, turli kunlik ishlarda ishlagan. Parijda, musiqachi va prodyuser Jean Hebrail bilan uchrashgan, birgalikda koʻp musiqalarini yozishgan, shuningdek 1987-yilda, Jean Hebrail bilan turmush qurgan[13][14]. Kidjo, mahalliy guruhlarda qoʻshimcha qoʻshiqchi sifatida uz faoliyatini boshlagan. 1985-yilda Kidjo, Jasper van 't Hofning Yevropa-Afrikadagi jazz / rok toʻplamini chop etgan, keyinchalik, Pili Pilining bosh qoʻshiqchisi boʻlgan. Uch Pili Pili studiya albomi quyidagilardan iborat: Jakko (1987), Be In Two Minds (1988, Marlon Klein tomonidan ishlab chiqarilgan) va Hotel Babo (1990). 1980-yillarning oxirida Kidjo Parijdagi eng mashhur jonli ijrochilardan biriga aylangan, va „Paraku“ nomli solo albomi bilan „Open Jazz Label“ nomli musiqa kompaniyasiga qoʻshilgan[15]. Kidjo, Blackwell kompaniyasidan ketgunga qadar Island uchun toʻrtta albom yozgan.

Albomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kidjoning birinchi xalqaro albomi Parakou, 1989-yilda ijro etilgan. Uning birinchi albumi Miami va Parij oʻrtasida yozib olingan. Logozo albomi 1991-yilda butun dunyo boʻylab chiqarilgan, shuningdek Billboard World Albums xaritasida birinchi oʻrinni egallagan. „We We“ va „Batonga“ singllari uchun musiqa videolari chiqargan. Kidjo 1992-yil 31-oktyabrda, Parijda boʻlgan, Olympia Hallda festivalida qatnashgan[16]. Aye albomini, 1994-yilda, Prinsning Minneapolisdagi Paisley Park studiosida chiqargan[17]. Kidjo va Jean Hebrail 1995-yilda butun Beninni sayr qilib, FIFA albomining asosini tashkil etagan. „Wombo Lombo“ singli va uning rejissori Michel Mayer tomonidan yozilgan, videosi, 1996-yilda butun Afrika boʻylab katta muvaffaqiyatga erishgan.

Videografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

 

Yil Nom Album Direktor Hakam
1991 "Wé-Wé" Logozo Tom Votson
1991 "Batonga" Logozo Micheal Meyyer
1994 "Agolo" Ayé Micheal Meyyer
1994 "Adouma" Ayé
1996 "Wombo Lombo" FIFA Micheal Meyyer
1996 "Shango" FIFA
1998 "Vudu Chili" Oremi
1998 "Biz birmiz" Lion King II soundtrack
2007 "Gimme Shelter" (Joss Stone bilan) Djin Djin
2010 "Oʻshanda koʻtaringlar" Oʻz navbatida Kevin Kuster
2012 PBS maxsus: Anjelik Kidjo va doʻstlari Ruhning oshishi Jim Gable
2014 "Eva" ( (Asa bilan) ) Xavva Kevin Kuster
2014 "Ekomole" (Dibi Doboʻning ishtirokchi sanʼatchisi sifatida) (Dibi Doboʻning asosiy rassomi sifatida)
2018 "Tovush ostida tugʻilgan" Yorugʻlikda qoling Jeff Bhasker
2018 "Hayatda bir marta" Yorugʻlikda qoling Antuan Paley
2019 "La Vida es un carnaval" CELIA Kris Saunders
2021 "Makarsa" (Yemi Alade bilan) Tabiatning onasi
2021 "Afrika — oʻziga xos" Tabiatning onasi
2021 "Tabiiy ona" Tabiatning onasi
2022 "Oʻzingiz qil" (Burna Boy bilan) Tabiatning onasi Meji Alabi
2022 "Let Me Be Great" (Sampa The Greatning ijrochi sanʼatchisi sifatida) (Sampa buyukning asosiy sanʼatchisi sifatida)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Portwood, Jerry (March 20, 2020). 'In My Room' With Angelique Kidjo“. Rolling Stone. Qaraldi: May 22, 2021.
  2. „Angelique Kidjo joins UNICEF's COVID-19 Vaccination Campaign“. UNICEF (2021-yil 7-aprel). 2021-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-may.
  3. „"The Leaders of this World Stand by and Look at Us Dying"–Singer Angelique Kidjo Speaks Out on Climate Change“. Democracy Now! (2009-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 22-may.
  4. „Angelique Kidjo | Biography, Albums, Music, & Facts | Britannica“ (en). Britannica.com. Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
  5. Bresnahan. „Angélique Kidjo becomes the third artist from Africa to be awarded prestigious music prize“ (en). CNN (2023-yil 28-mart). Qaraldi: 2023-yil 16-aprel.
  6. Perry, Alex (May 23, 2007). „Redemption Song“. Time. June 16, 2007da asl nusxadan arxivlandi.
  7. „John Legend, Keith Urban, Angélique Kidjo Lead 'Imagine' Performance at Tokyo Olympics Opening Ceremony“. Rolling Stone. July 23, 2021.
  8. „The 100 Most Influential People of 2021: Angélique Kidjo“. Time. September 15, 2021.
  9. „The 99 Greatest Dance Albums of All Time“. Thump.vice.com (2015-yil 14-iyul). Qaraldi: 2016-yil 16-may.
  10. „Angélique Kidjo – Bénin | cd mp3 concert biographie news | Afrisson“ (fr). Afrisson.com. 2020-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-iyul.
  11. „Angélique Kidjo – Biographie, discographie et fiche artiste“ (fr-FR). RFI Musique (2011-yil 3-mart). Qaraldi: 2018-yil 3-iyul.
  12. Weickgenant, Joel. „Kidjo's Music Crosses Borders, Boundaries“. Savannah Morning News. NewsBank (2008-yil 29-mart), s. 6E. Qaraldi: 2009-yil 3-fevral.
  13. McDonnell, Evelyn. Women Who Rock: Bessie to Beyonce. Girl Groups to Riot Grrrl.. New York, NY: Black Dog & Leventhal Publishers, 2018 — 243 bet. ISBN 978-0-316-55887-7. 
  14. „Jean Hébrail: Meet Angélique Kidjo's Husband“ (en-US) (2022-yil 3-aprel). Qaraldi: 2022-yil 9-dekabr.
  15. Jazz. „Angelique Kidjo musician - All About Jazz“ (en). All About Jazz Musicians. Qaraldi: 2022-yil 9-dekabr.
  16. „The 99 Greatest Dance Albums of All Time“ (en-ca). Thump.vice.com (2015-yil 14-iyul). Qaraldi: 2018-yil 9-fevral.
  17. Wiser. „BENIN: Ayé - Angelique Kidjo“ (en). 200worldalbums.com (2021-yil 30-mart). Qaraldi: 2023-yil 16-oktyabr.