Andy Najar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andy Ariel Najar Rodriguez (talaffuzi: Endi Ariel Naxar Rodriges; 1993-yil 16-martda Gondurasning Choluteka shahrida tugʻilgan) — gonduraslik futbolchi, „D. C. United“ va Gonduras terma jamoasi himoyachisi. 2012-yilgi Olimpiya oʻyinlari va 2014-yilgi Jahon kubogi ishtirokchisi.

Andy Najar
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andy Ariel Najar Rodríguez
Tavallud sanasi 16-mart 1993-yil (1993-03-16) (31 yosh)
Tavallud joyi Choluteca, Gonduras
Boʻyi 1.70
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
D. C. United
Raqami 14
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008—2010 D. C. United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2013 D. C. United 82 (10)
2013 → Anderlecht (ijara) 0 (0)
2013—2020 Anderlecht 126 (11)
2020 Los Angeles FC 8 (0)
2021— D. C. United 49 (1)
Milliy terma jamoa
2012 Gonduras U23 7 (0)
2011— Gonduras 42 (4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(19-sentyabr uchun)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilning 7-yanvarida Andy Najar belgiyaning „Anderlecht“ futbol klubiga oylik ijaraga oʻtgan, shundan soʻng klub uning transferini 3 million yevroga sotib olgan[1][2][3]. 2-avgust kuni „Cercle Brugge“ futbol klubiga qarshi bahsda Andy Najarr Massimo Bruno oʻrniga Yupiler ligasida debyut qilgan[4][5][6]. 2014-yilning 19-yanvarida „Mechelen“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Andy Najar „Anderlecht“ futbol klubi safida birinchi golni urgan[7][8]. 2014-yilda Andy Najar turnirda gʻolib chiqgan va Belgiya Superkubogi sohibiga aylangan. 2017-yilda ikkinchi marta Belgiya chempioni boʻlgan.

2020-yil 17-iyun kuni Andy Najar „Los Angeles FC“ bilan shartnoma imzolab, MLSga qaytgan[9][10]. U 23-iyul kuni MLS turnirida „Portland Timbers“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan va 67-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan[11][12].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil 3-sentyabrda Andy Najar Gonduras terma jamoasida Kolumbiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan[13].

2012-yilning yozida Andy Najar terma jamoaning Londonga Olimpiya oʻyinlariga boradigan futbolchilar tarkibiga kiritilgan[14][15]. Turnirda u Ispaniya, Marokash va Yaponiya jamoalariga qarshi uchta oʻyinda ishtirok etgan[16].

2013-yilda Andy Najar CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan[17][18]. Turnirda u Gaiti, El Salvador, AQSH terma jamoalariga qarshi turnirning barcha oʻyinlarida maydonga tushgan va Kosta-Rikaga qarshi bahsda Andy Najar terma jamoadagi ilk golini kiritgan[19][20].

2014-yilning yozida Andy Najar terma jamoaning Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga daʼvogarligidan joy olgan[21]. Turnirda Andy Najar Fransiya va Shvetsariya bilan oʻyinlarda maydonga tushgan[22].

2015-yilda terma jamoa tarkibida Andy Najar CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan[23][24]. Turnirda u Gaiti, AQSh va Panama terma jamoalariga qarshi oʻyinda maydonga tushgan. Panamaliklarga qarshi kechgan bahsda Andy Najar gol urgan[25][26].

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Appearances and goals by club, season and competition
Jamoa Mavsum Liga Kubok Xalqaro turnir Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
D. C. United 2010 26 5 2 0 28 5
2011 31 5 0 0 31 5
2012 25 0 2 0 1 0 28 0
Jami 82 10 4 0 0 0 1 0 87 10
Anderlecht 2013—2014 15 2 1 0 1 0 10 1 27 3
2014—2015 26 2 6 1 7 1 9 4 48 8
2015—2016 24 2 2 0 9 1 3 0 38 3
2016—2017 9 0 1 0 5 0 15 0
2017—2018 1 0 0 0 1 0 4 0 6 0
2018—2019 18 0 1 0 4 0 0 0 23 0
Jami 93 6 11 1 27 2 26 5 157 14
Umumiy faoliyatida 175 16 15 1 27 2 27 5 244 24

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Andy Najar to Anderlecht on loan“ (en). ESPN (2013-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
  2. „United’s Andy Najar transferred to Belgian side R.S.C. Anderlecht“ (en). D.C. United (2013-yil 30-yanvar). 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
  3. „Andy Najar on loan with R.S.C. Anderlecht“ (en). D.C. United (2013-yil 7-yanvar). 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
  4. „D.C. United loans Najar to Anderlecht“ (en). Sports Illustrated (2013-yil 7-yanvar). 2020-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
  5. „Серкль Брюгге VS. Андерлехт 0:4“ (en). soccerway.com (2013-yil 2-avgust). 2013-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-avgust.
  6. Steven Goff. „It’s official: Najar sold to Anderlecht“ (en). The Washington Post (2013-yil 31-yanvar). 2019-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
  7. „Мехелен VS. Андерлехт 2:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 19-yanvar). 2016-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-sentyabr.
  8. Greg Seltzer. „American Exports: Sacha Kljestan returns to lineup as Anderlecht go to the top in Belgium“ (en). MLSsoccer.com (2013-yil 2-avgust). 2020-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
  9. „LAFC Signs Honduran International Andy Najar“ (en). Los Angeles Football Club (2020-yil 17-iyun). 2020-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
  10. Avi Creditor. „LAFC Signs Andy Najar, Brings Honduran Star Back to MLS“ (en). Sports Illustrated (2020-yil 17-iyun). 2020-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
  11. „Black & Gold Endgame | LAFC 2-2 Portland Timbers 7/23/20“ (en). Los Angeles Football Club (2020-yil 23-iyul). 2020-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
  12. „LAFC Announces Roster Moves For 2021 Season“ (en). Los Angeles Football Club (2020-yil 1-dekabr). 2021-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-yanvar.
  13. „Гондурас VS. Колумбия 0:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 3-sentyabr). 2015-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun.
  14. „Испания (до 21) VS. Гондурас (до 21) 0:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 29-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun.
  15. „Гондурас (до 21) VS. Марокко (до 21) 2:2“ (en). soccerway.com (2012-yil 26-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun.
  16. „Япония (до 21) VS. Гондурас (до 21) 0:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 1-avgust). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun.
  17. „Гаити VS. Гондурас 0:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 9-iyul). 2013-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-avgust.
  18. „Гондурас VS. Сальвадор 1:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 13-iyul). 2013-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-avgust.
  19. „США VS. Гондурас 3:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 25-iyul). 2013-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-avgust.
  20. „Гондурас VS. Коста-Рика 1:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 21-iyul). 2013-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-avgust.
  21. „Гондурас VS. Швейцария 3:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 25-iyun). 2014-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-sentyabr.
  22. „Франция VS. Гондурас 3:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 15-iyun). 2014-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-sentyabr.
  23. „Гаити VS. Гондурас 1:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 14-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-iyul.
  24. „США VS. Гондурас 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 8-iyul). 2015-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-iyul.
  25. „Гондурас VS. Панама 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 11-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-iyul.
  26. „¿Acertó Fabián Coito en elegir a José Reyes como sustituto de Andy Najar“ (es). Diez - Diario Deportivo (2019-yil 14-iyun). 2020-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.