Andrea Consigli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andrea Consigli
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 27-yanvar 1987-yil (1987-01-27) (37 yosh)
Tavallud joyi Cormano, Italiya
Boʻyi 1.89 m
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sassuolo
Raqami 47
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2006 Atalanta
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2014 Atalanta 193 (0)
2006—2007Sambenedettese (ijara) 32 (0)
2007—2008Rimini (ijara) 35 (0)
2014- Sassuolo 289 (0)
Milliy terma jamoa
2003 Italiya U16 8 (0)
2003—2004 Italiya U17 4 (0)
2004—2005 Italiya U18 7 (0)
2005—2006 Italiya U19 7 (0)
2005—2007 Italiya U20 5 (0)
2006—2009 Italiya U21 20 (0)
2008 Italiya U23 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(20-avgust uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (21-aprel 2015-yil uchun)

Andrea Consigli (1987-yil 27-yanvarda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi, „Sassuolo“da darvozabon sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cormano shahrida tugʻilgan Consigli, Atalantanıng yoshlar jamoasi faoliyatini boshlagan. Birinchi jamoada tajriba orttirish uchun yosh darvozabon 2006-07-yilgi mavsumda C1 Seriya vakili Sambenedettesega ijaraga berildi. Keyingi mavsumda u B Seriyaning Rimini jamoasiga ijaraga berildi. Ijaralardan soʻng Atalanta jamoasiga qaytib keladi va 1-raqam ostida oʻynay boshlaydi.

2014-yil 1-sentabrda Consigli 3 million yevro evaziga A Seriyaning „Sassuolo“ jamoasiga oʻtdi[1][2].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konsigli Italiya U21 terma jamoasi bilan 2006-yilning 15-avgustida Xorvatiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. Keyin u bosh murabbiy Pyerluiji Kasiragi tomonidan 2007-yilgi U-21 chempionati uchun tarkibda uchinchi darvozabon sifatida tanlandi. Oʻsha musobaqadan soʻng u Italiya U-21 terma jamoasida 2009-yilgi U-21 chempionatiga qadar asosiy darvozabon boʻldi.

2008-yilda u Italiya olimpiya terma jamoasi bilan 2008-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Emiliano Vivianodan keyingi asosiy darvozabon sifatida ishtirok etdi.

U 2012-yilning 15-avgust kuni Bernda boʻlib oʻtgan Angliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga bosh murabbiy Chezare Prandelli tomonidan Italiya terma jamoasiga ilk chaqiruvini oldi.

Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tajribali va ishonchli darvozabon[3][4]. Consigli yoshligida mahoratli darvozabon sanalgan va oʻzining darvozabonlik texnikasi, tezkor reflekslari, zarbani toʻxtatish va yakkama-yakka vaziyatlardagi qobiliyati bilan mashhur boʻlgan[5][6][7][8][9][10]. U shuningdek, butun faoliyati davomida penaltilarni qaytarish boʻyicha qobiliyati bilan ajralib turadi. 2009-yildan buyon 364 oʻyinda 19 ta penaltini qaytarib A Seriya tarixidagi eng koʻp penaltilarni qaytargan darvozabonlar orasida uchinchi oʻrinni egalladi[11][12]. Darvozabon sifatida uning kumiri — Janluiji Buffon[10].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Appearances and goals by club, season and competition
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Kontinental Boshqa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Sambenedettese (ijara) 2006-07 Serie C 32 0 0 0 32 0
Rimini (ijara) 2007-08 Serie B 35 0 2 0 37 0
Atalanta 2008-09 Serie A 17 0 1 0 18 0
2009-10 31 0 1 0 32 0
2010-11 Serie B 40 0 1 0 41 0
2011-12 Serie A 35 0 1 0 36 0
2012-13 35 0 2 0 37 0
2013-14 35 0 1 0 36 0
2014-15 0 0 1 0 1 0
Jami 193 0 8 0 0 0 0 0 201 0
Sassuolo 2014-15 Serie A 35 0 0 0 35 0
2015-16 37 0 1 0 38 0
2016-17 37 0 0 0 9 0 46 0
2017-18 37 0 1 0 38 0
2018-19 36 0 1 0 37 0
2019-20 31 0 1 0 32 0
2020-21 37 0 0 0 37 0
2021-22 37 0 0 0 37 0
2022-23 2 0 1 0 3 0
Jami 289 0 5 0 9 0 0 0 303 0
Faoliyatidagi jami 549 0 15 0 9 0 0 0 573 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Atalanta

  • Campionato Jovanissimi Nazionali: 2001-02
  • B seriya : 2001-02, 2010-11

Italiya U21

  • 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati bronza medali: 2009[13]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Calciomercato: arrivano Consigli e Taider. Kurtic alla Fiorentina (Wayback Machine saytida 8-iyul 2015-yil sanasida arxivlangan). sassuolocalcio.it
  2. U.S. Sassuolo Calcio S.r.l. bilancio (financial report and accounts) on 31 December 2014 (in Italian), PDF purchased from Italian C.C.I.A.A.
  3. Velluzzi, Francesco. „Consigli: "Paradiso Sassuolo: vedevamo l'alta classifica, ora solo incertezze"“ (italyancha). La Gazzetta dello Sport (30-aprel 2020-yil). Qaraldi: 27-iyul 2020-yil.
  4. „Sassuolo vs Frosinone“. www.football-italia.net (6-iyun 2016-yil). Qaraldi: 28-iyul 2020-yil.
  5. Bonetti. „3 Potential Long-Term Replacements for Gigi Buffon at Juventus“. Bleacher Report (9-aprel 2013-yil). Qaraldi: 27-iyul 2020-yil.
  6. Newman. „How AC Milan and Others Have Benefitted from Atalanta's Production Line“. Bleacher Report (16-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 27-iyul 2020-yil.
  7. Peters. „Ranking the Busiest Goalkeepers from Europe's Top 5 Leagues“. Bleacher Report (24-aprel 2014-yil). Qaraldi: 27-iyul 2020-yil.
  8. Politanò. „Difensori“ (it). Panorama (2016-yil 25-yanvar). Qaraldi: 27-iyul 2020-yil.
  9. Labbate. „Top 10 uncapped players“. www.football-italia.net (5-iyul 2012-yil). Qaraldi: 28-iyul 2020-yil.
  10. 10,0 10,1 Bianchi, Fabio. „Under nelle mani di Consigli "Prima l'Europeo, poi Lippi"“ (italyancha). La Gazzetta dello Sport (21-iyun 2009-yil). Qaraldi: 28-iyul 2020-yil.
  11. „Handanovic come Pagliuca, la classifica dei migliori pararigori della storia della Serie A“ (italyancha). sport.sky.it (12-yanvar 2020-yil).
  12. „Consigli il para-rigori, 3 su 4 nell'ultimo mese“ (italyancha). sport.sky.it (29-aprel 2019-yil). Qaraldi: 27-iyul 2020-yil.
  13. „Regulations of the UEFA European Under-21 Championship 2007/09“. UEFA.com. Qaraldi: 27-iyul 2020-yil.