Andraž Šporar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andraž Šporar
Šporar 2021-yilda Sloveniya terma jamoasi safida oʻynamoqda
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 27-fevral 1994-yil (1994-02-27) (30 yosh)
Tavallud joyi Ljubljana, Sloveniya
Boʻyi 1.86 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Panathinaikos
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2005 Olimpija[1]
2005—2009 MNK Ljubljana
2009—2011 Interblock
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2012 Interblock 21 (10)
2012—2015 Olimpija Ljubljana 95 (46)
2016—2018 Basel 19 (1)
2017—2018Arminia Bielefeld (ijara) 9 (2)
2018—2020 Slovan Bratislava 53 (44)
2020—2022 Sporting CP 29 (9)
2021Braga (ijara) 16 (3)
2021—2022Middlesbrough (ijara) 35 (8)
2022- Panathinaikos 7 (3)
Milliy terma jamoa
2012 Sloveniya 19 yoshgacha 6 (0)
2012 Sloveniya 20 yoshgacha 1 (1)
2013—2016 Sloveniya 21 yoshgacha 19 (7)
2016- Sloveniya 40 (6)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(23-oktabr 2022-yil uchun)

Andraž Šporar (talaffuzi: Andras Shporar; 1994-yil 27-fevralda tugʻilgan) — sloveniyalik professional futbolchi. U Gretsiya Super ligasining Panathinaikos klubi va Sloveniya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olimpija Ljubljana[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil iyun oyida Šporar Interblockdan Olimpija Ljubljanaga oʻtdi[2]. 2015—2016-yilgi Sloveniya PrvaLiga mavsumida u jamoa sardori etib tayinlandi[3]. Mavsumning birinchi yarmida Šporar PrvaLiganing 18 ta oʻyinida maydonga tushib, 17ta gol urgan[4].

FC Basel[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilning 8-dekabrida Basel klubi Šporar bilan 2020-yilning iyuni oxirigacha toʻrt yarim yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[5]. Šporar 2016-yilning 14-fevralida Grasshoppersga qarshi safar oʻyinida 70-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan va 4:0 hisobida gʻalaba qozonib Basel uchun ligadagi debyutini oʻtkazgan[6]. Šporar 2016-yil 18-fevral kuni Saint-Etiennega qarshi safar oʻyinidan oldin chigal yozdi mashqlari paytida jarohat olgan. U 2015—2016-yilgi mavsumda operatsiya qilinishi kerak edi, shu paytda Šporarning jamoasi 2015—2016-yilgi mavsum Shveysariya Super ligasi chempionligini qoʻlga kiritdi va bu ketma-ket ularning yettinchi milliy chempionlikni qoʻlga kiritishi edi[7][8].

Arminia Bielefeld (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 25-iyunda Šporar 2. Bundesliga vakili Arminia Bielefeld safiga qoʻshildi va unga 2017—2018-yilgi mavsum uchun ijaraga olingan edi[9][10].

Slovan Bratislava[tahrir | manbasini tahrirlash]

Šporar 2018-yilning yanvarida Slovakiya Super ligasi vakili Slovan Bratislavaga 600 000 yevro evaziga qoʻshilgan edi[11]. U jamoaga 2017—2018-yilgi Slovakiya kubogini yutishda yordam berdi. 2018—2019-yilgi mavsumda Šporar Slovakiya chempionligini qoʻlga kiritdi va 29 ta gol urgan holda bir mavsumda eng koʻp gol urish boʻyicha rekord oʻrnatib, Slovakiya ligasining eng yaxshi toʻpurariga aylandi[12].

Sporting[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilning 23-yanvarida Šporar Sporting CPga besh yillik shartnoma asosida 6 million yevro evaziga oʻtdi va u Slovakiya Super ligasi tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi[13]. Bonuslar bilan umumiy transfer narxi oxir-oqibat 7 million yevrodan oshishi mumkin edi[14].

Braga (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 1-fevralida Šporar 2020—2021-yilgi mavsumning qolgan qismini ijara asosida oʻtkazish uchun Bragaga qoʻshildi[15].

Middlesbrough (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning avgustida Šporar Angliyaning Middlesbrough klubiga ijaraga oʻtdi[16]. U klubdagi ilk golini 2021-yilning 15-sentyabrida Nottingham Forestga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi[17].

Panathinaikos[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 27-iyulida Šporar Gretsiyaning Super liga jamoasi Panathinaikos[18] bilan 3 million yevrodan ortiq transfer narxi evaziga toʻrt yillik shartnoma imzoladi[19].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning noyabrida Šporar Malta va Polshaga qarshi oʻyinlar uchun Sloveniya terma jamoasiga birinchi marta chaqiruv oldi[20]. U Maltaga qarshi oʻyinda xalqaro miqyosda debyut qildi va ikkinchi boʻlim oxirida Milivoje Novakovic oʻrniga maydonga tushdi[21].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andraž Šporar Olimpijaning sobiq sardori Miha Šporarning oʻgʻli[22]. Oʻtmishda Šporar faoliyatining qaysidir bosqichida uning sevimli klubi boʻlgan Liverpoolga oʻtishni orzu qilganini maʼlum qilgandi[23]. Liverpool futbolchini 2015-yilda kuzatib bordi, ammo yakunda transfer amalga oshmagan[23][24].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 23-oktyabr holatiga koʻra [25]:
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Kontinental Boshqa Jami
Divizion Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Interblock 2011—2012 2. SNL 21 10 3 1 24 11
Olimpija Ljubljana 2012—2013 1. SNL 28 11 2 0 4 0 1 0 35 11
2013—2014 1. SNL 17 5 3 3 2 1 1 0 23 9
2014—2015 1. SNL 32 13 2 0 34 13
2015—2016 1. SNL 18 17 2 0 20 17
Jami 95 46 9 3 0 0 6 1 2 0 112 50
Basel 2015—2016 Shveysariya Super ligasi 1 0 0 0 0 0 1 0
2016—2017 Shveysariya Super ligasi 18 1 3 0 4 0 25 1
Jami 19 1 3 0 0 0 4 0 0 0 26 1
Arminia Bielefeld (ijara) 2017—2018 2. Bundesliga 9 2 1 0 10 2
Slovan Bratislava 2017—2018 Slovakiya Super ligasi 12 3 4 3 0 0 16 6
2018—2019 Slovakiya Super ligasi 30 29 0 0 6 5 36 34
2019—2020 Slovakiya Super ligasi 11 12 1 1 14 7 26 20
Jami 53 44 5 4 0 0 20 12 0 0 78 60
Sporting CP 2019—2020 Primeira liga 16 6 0 0 0 0 2 1 18 7
2020—2021 Primeira liga 13 3 3 0 2 1 2 0 20 4
Jami 29 9 3 0 2 1 4 1 0 0 38 11
Braga (ijara) 2020—2021 Primeira liga 16 3 3 0 0 0 2 0 21 3
Middlesbrough (ijara) 2021—2022 EFL Chempionati 35 8 2 0 0 0 37 8
Panathinaikos 2022—2023 Gretsiya Super ligasi 7 3 0 0 2 1 9 4
Faoliyati jami 284 126 29 8 2 1 38 15 2 0 355 150

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ballar va natijalar roʻyxati birinchi boʻlib Sloveniyaning gollari sonini, ballar ustuni har bir Šporarning golidan keyingi hisobni koʻrsatadi[26].
Andraž Šporar tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2019-yil 21-mart Sammy Ofer stadioni, Hayfa, Isroil  Isroil 1-0 1-1 UEFA Euro 2020 saralashi
2 2019-yil 6-sentyabr Stožice stadioni, Lyublyana, Sloveniya  Polsha 2-0 2-0 UEFA Euro 2020 saralashi
3 2021-yil 4-iyun Bonifika stadioni, Koper, Sloveniya  Gibraltar 1-0 6-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
4 3-0
5 2021-yil 8-oktyabr Milliy stadion, TaʼQali, Malta  Malta 2-0 4-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
6 2022-yil 24-sentyabr Stožice stadioni, Lyublyana, Sloveniya  Norvegiya 1-1 2-1 2022—2023 UEFA Millatlar ligasi B

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Basel

  • Shveysariya Super ligasi: 2015—2016, 2016—2017
  • Shveysariya kubogi: 2016—2017

Slovan Bratislava

  • Slovakiya Super ligasi: 2018—2019
  • Slovakiya kubogi: 2017—2018

Sporting CP

  • Primeira liga: 2020—2021[27]
  • Taça da Liga: 2020—2021

Braga

  • Taça de Portugal: 2020—2021[28]

Individual

  • Sloveniya PrvaLigasining eng yaxshi toʻpurari: 2015—2016[29]
  • Slovakiya Super ligasining eng yaxshi toʻpurari: 2018—2019, 2019—2020[30]
  • Slovakiya Super ligasining eng yaxshi futbolchisi: 2018—2019[31]
  • Slovakiya Super ligasida oyning eng yaxshi futbolchisi: 2018-yil noyabr/dekabr[32], 2019-yil may[33], 2019-yil noyabr/dekabr[34]
  • Slovakiya Super ligasida oyning eng yaxshi goli: 2019-yil oktyabr[35]
  • Slovakiya Super ligasining mavsumdagi jamoasi: 2018—2019[36], 2019—2020[37]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Šporar se je pridružil Olimpiji“ (slovencha). Siol (18-iyun 2012-yil). Qaraldi: 3-iyun 2022-yil.
  2. Jerman. „Pričakovanja Olimpije segajo na vrh“ (slovencha). Žurnal24 (13-iyul 2012-yil). Qaraldi: 23-yanvar 2020-yil.
  3. Rok Plestenjak. „Kapetan Olimpije v Ljubljani živi svoje sanje“ (slovencha). Siol (31-avgust 2015-yil). Qaraldi: 23-yanvar 2020-yil.
  4. „Andraž Šporar – statistika 2015–16“ (slovencha). prvaliga.si. Slovenian PrvaLiga. Qaraldi: 23-yanvar 2020-yil.
  5. FC Basel 1893. „FCB verpflichtet den Slowenen Andraz Sporar“ (olmoncha). fcb.ch. FC Basel (8-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 8-dekabr 2015-yil.
  6. Marti. „4:0-Erfolg bei GC: Souveräner Sieg im Spitzenspiel“ (olmoncha). fcb.ch. FC Basel (14-fevral 2016-yil). Qaraldi: 14-fevral 2016-yil.
  7. „Boëtius und Sporar fallen verletzt aus“ (olmoncha). fcb.ch. FC Basel (24-fevral 2016-yil). Qaraldi: 24-fevral 2016-yil.
  8. Marti. „Es ist vollbracht!!! Der FCB ist zum 19. Mal Meister“ (olmoncha). fcb.ch. FC Basel (30-aprel 2016-yil). Qaraldi: 30-aprel 2016-yil.
  9. „Šporar signs for Arminia Bielefeld“ (slovencha). arsport-management.com (26-iyun 2017-yil). Qaraldi: 28-iyul 2022-yil.
  10. „Sporar leihweise zu Arminia Bielefeld – International“ (de-DE). Liechtensteiner Volksblatt. Qaraldi: 28-iyul 2022-yil. [sayt ishlamaydi]
  11. Gašper. „Andraž Šporar na lane veľkoklubu: Koľko môže Slovan zarobiť?“ (slovakcha). sport7.sk (16-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 24-yanvar 2020-yil.
  12. „Vittek ani Šporar nezaokrúhlili, ale nesmútili“ (slovakcha). fortunaliga.sk. Fortuna liga (25-may 2019-yil). Qaraldi: 28-iyun 2019-yil.
  13. T. J. „Šporar bo pet let mreže tresel v dresu Sportinga“ (slovencha). RTV Slovenija (23-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 23-yanvar 2020-yil.
  14. „Slovan zrealizoval najväčší prestup v histórii Slovenska“ (slovakcha). ŠK Slovan Bratislava (23-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 23-yanvar 2020-yil.
  15. „Sporar e Borja oficializados no SC Braga“ (portugalcha). SAPO Desporto (2-fevral 2021-yil). Qaraldi: 2-fevral 2021-yil.
  16. „Andraz Sporar & James Lea Siliki: Middlesbrough sign Slovenia striker and Cameroon midfielder“. BBC Sport (31-avgust 2021-yil). Qaraldi: 16-sentabr 2021-yil.
  17. „Nottingham Forest 0–2 Middlesbrough“. BBC Sport (15-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 16-sentabr 2021-yil.
  18. „Στον Παναθηναϊκό ο Άντραζ Σπόραρ“ (grekcha). Panathinaikos F.C. (27-iyul 2022-yil). Qaraldi: 28-iyul 2022-yil.
  19. „URADNO: Andraž Šporar ostaja v zelenem, njegov nov klub je Panathinaikos“ (slovencha). Nogomania (27-iyul 2022-yil). Qaraldi: 27-iyul 2022-yil.
  20. „Katanec reagiral na epidemijo poškodb: naknadno je vpoklical Šporarja in Pihlerja“ (slovencha). 24ur.com (4-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 7-noyabr 2016-yil.
  21. „Prvenec Verbiča za pomembne tri točke“ (slovencha). nzs.si. Football Association of Slovenia (11-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 12-noyabr 2016-yil.
  22. Plestenjak. „Ljubljančanu ni jasno, zakaj ga je oče ponujal Mariboru“ (slovencha). Siol (8-iyun 2019-yil). Qaraldi: 23-yanvar 2020-yil.
  23. 23,0 23,1 Antol. „Andraža Šporara, veľkého fanúšika FC Liverpool, nezaujíma, že je najdrahší hráč ligy“ (slovakcha). Šport.sk (16-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 7-yanvar 2022-yil.
  24. Vráblik. „Chcel ho Liverpool, potom upadol. Teraz mu Slovan bude platiť desaťtisíce mesačne“ (sk-SK). Denník N (9-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 7-yanvar 2022-yil.
  25. „A. Šporar“. Soccerway. Qaraldi: 10-dekabr 2015-yil.
  26. Andraž Šporar at National-Football-Teams.com
  27. „Andraz Sporar – Stats – titles won“. footballdatabase.eu. Qaraldi: 24-may 2021-yil.
  28. Ribeiro. „Braga beat nine-man Benfica to lift Portuguese Cup“. PortuGOAL.net (23-may 2021-yil). Qaraldi: 24-may 2021-yil.
  29. Kovačevič. „Jesenski kralj ostal na vrhu“ (sl-si). Večer (24-may 2016-yil). Qaraldi: 26-may 2021-yil.
  30. „Andraž Šporar“ (inglizcha). worldfootball.net. Qaraldi: 12-may 2021-yil.
  31. „Futbalista roka 2019: Výsledky sú známe! Kto je najlepší hráč či tréner?“ (slovakcha). profutbal.sk (23-mart 2020-yil). 2020-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2021-yil.
  32. „Šporar posledným víťazom ankety Hráč mesiaca v tomto kalendárnom roku“ (slovakcha). sport.aktuality.sk (26-dekabr 2018-yil). 2021-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentabr 2021-yil.
  33. „Andraž Šporar víťazom ankety Hráč mesiaca“ (slovakcha). ŠK Slovan Bratislava (25-iyun 2019-yil). 2019-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentabr 2021-yil.
  34. „Andraž Šporar víťazom ankety Hráč mesiaca“ (slovakcha). ŠK Slovan Bratislava (24-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 6-sentabr 2021-yil.
  35. „Gól mesiaca OKTÓBER“ (sk). fortunaliga.sk. Qaraldi: 6-sentabr 2021-yil.
  36. „Jedenástka sezóny so zástupcami štyroch klubov, najlepším hráčom Šporar“ (slovakcha). fortunaliga.sk (25-may 2019-yil). 2019-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentabr 2021-yil.
  37. „V Jedenástke sezóny až sedem futbalistov majstra. Najlepším hráčom Greif“ (slovakcha). fortunaliga.sk (12-iyul 2020-yil). 2020-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentabr 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]