Anatoliy Adali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Anatoliy Adali
Toʻlqinjon Ahmadaliyev
Tavalludi 17-aprel 1942-yil (1942-04-17) (80 yosh)
Fuqaroligi Qirgʻiziston
Millati Oʻzbek

Anatoliy Adali - oʻzbeklardan chiqqan Qirg'iziston xalq artisti.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anatoliy Adali (oʻzbekcha To'lqinjon Ahmadaliev Qurbonovich) 1941-yil 17-aprelda Marg'ilon shahrida tug'ilgan. Otasi urush yillarining boshida vafot etgan. U bolalar uyida tarbiyalangan. Yoshlik chog'idan sportning volleybol, boks turlari bilan shug'ullangan. Toshkentdagi Jismoniy tarbiya institutiga topshirgan. Kutilmaganda. birdan akter bo'lishni xohlab qolgan. To'lqinjon maktabni bitirgach Chelyabinskdagi (Rossiya) Trotskiy GESida qurulishda ishlagan. 1961-1964 yillari Belorusiyada Raketa havo harbiy kuchlari armiyasida xizmat qilgan. 1968-yili Toshkentdagi A.Ostrovks nomidagi badiiy-teatrlik institutini tamomlagan. Chimkent, Asrtaxan, Kostrom, Ijevskdagi bir qator teatrlarda ishlagan. Bishkekdagi Rus drama teatrida 1981-yildan boshlab faoliyat olib borgan. U 30 yildan oshiqroq o'z faoliyati davomida 150dan oshiq turli salbiy-ijoviy, rang-barang rollarni ishtirok etgan. 2011-yili Rus drama teatrida 70 yillik yubileyini nishonlagan. Anatoliy Adali ikki farzandning otasi va uch nabiraning buvasi.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ijodi davomida bir qator rollarni ijro etgan. Asosiy ijro etgar rollari:

  • Don Karlos - Shiller Fridrix "Don Karlos"
  • Sil'va - Vampilov Alexanr Valentinovich "To'ng'ich farzand"
  • Protopopov - Aleksey Tolstoy "Zagovor Inperatritsy"
  • Don Sessar - Kal'deron "Ko'rinmas chavandoz"
  • Glumov - Ostrovskiy Aleksandr Nikolaevich "Ko'p pullar"
  • Dulebov - Ostrovskiy Aleksandr Nikolaevich "Iste'dod va muxlis"
  • Baxl - Mol'er "Baxl"

Rejissorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

(Qirg'iziston xalq atristi Vladimir Skoropis' bilan birgalikda)

  • Nokcha
  • Fransuzcha ajrashish
  • Salom Parij
  • Kadril'
  • Ixtiroli sevilgan
  • Mal'vina bilan tun
  • Chingizxon olib ketgan sir

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anatoliy Adali:

  • 1990-yili Qirg'izistonda xizmat ko'rsatgan artist;
  • 2000-yili Qirg'iziston xalq artisti;
  • "Mehnat faxriysi" medal'i bilan taqdirlangan;

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]