Amu-Zang kanali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Amu-zang kanali, Amu-Zang mashina kanali– Surxondaryo viloya-tidagi sug‘orish kanali. Amudaryo o‘ng qirg‘og‘idan, Surxondaryoning quyilish joyidan 16 km yuqoridan suv oladi. Amudaryo suvini Zang gidrouzeli yuqori bʼefiga ko‘tarib beradi. 1973 yilda qurilgan. Uz. 56 km, suv o‘tkazish imko-niyati 20 m³/s. Suvni maksimal ko‘ta-rib berish bal. 77 m (ikki bosqichda). Kanal tarkibiga ikkita bir xil tipdagi nasos stansiyalari kiradi. Amu-Zang 1 nasos stansiyasi suvni daryodan 500 m uzunlikdagi ta’-minlovchi kanal orqali oladi, ko‘tarish balandligi 33 m, 16 nasos agregati o‘rnatilgan, umumiy quvvati 10 ming kVt; Amu-Zang 2 nasos stansiyasining suvni ko‘tarib berish balandligi 44 m, kuvvati 12,8 ming kVt. A-Amu-Zang kanali ishga tushirilishi Surxondaryo viloyatining janubida Zang magistral kanalidan sug‘oriladigan 20 ming ga yerni Amudaryo suvi bilan sug‘orish imkoniyatini yaratdi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil