Kontent qismiga oʻtish

Amortizator

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Amortizator (fransuzcha: amortir – kuchsizlantirish, yumshatish) – mashinalar (avtomobil, samolyot va boshqalar) va inshootlardagi titrashlar hamda zarbiy kuchlardan himoya qilish uchun zarblarni yumshatuvchi qurilma. Amortizatorlarning mexanik (prujinalar, torsionlar, rezinalar), gidravlik, pnevmatik xillari bor. Mashinalarda ressoralar, buferlar, qurilish konstruksiyalarida poydevor toʻshamalari va boshqa ham amortizatorlar jumlasiga kiradi[1].

  1. „Amortizator“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.