Prujina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Prujina (rus.) — qisilganda hosil boʻladigan elastik kuch hisobiga mexanik energiya hosil qiladigan va turtkilarni yumshatadigan detal. Taʼsir qiluvchi kuch turiga qarab, egiluvchan (P. oʻqiga perpendikulyar kuchlarni qabul qiluvchi, buraluvchi, choʻziluvchi, siqiluvchi va boshqalar), plastinkasimon, spiralsimon, vintsimon, tarelkasimon, halqasimon va boshqa xillarga boʻli-nadi. P. oʻramining kesim yuzi shakliga qarab, doyra, kvadrat, toʻgʻri toʻrtburchak, bir necha simlar oʻralgan xillari bor. P., asosan, tarkibiga uglerod va marganets, kremniy, xrom qoʻshilgan poʻlat, plastmassa, latun, bronza va boshqa materiallardan tayyorlanadi. P. soat mexanizmlarida, temir yoʻl buferlari, tir-kash qurilmalari, amortizator va tex-nikaning boshqa sohalarida qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil