Amira Rashidova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amira Rashidova Firdavsovna

Amira Rashidova surati
Tavalludi 30-avgust 1985-yil
Fuqaroligi O'zbekiston
Kasbi jurnalist, prodyuser, instabloger
Turmush oʻrtogʻi Rashidov Davlat Abdurafiqovich
Bolalari Savlat, Samira, Saidislom
Otasi Firdavs Abduxoliqov
Onasi Feruza Sharopova Sadriddinovna

Amira Rashidova Firdavsovna (ruscha: Амира Фирдавсовна Рашидова ; 1985-yil 30-avgust, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek jurnalisti, „Sevimli“ telekanalining sobiq bosh prodyuseri[1].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1985-yil 30-avgustda Samarqand shahrida jurnalist Firdavs Fridunovich Abduxoliqov oilasida tugʻilgan. 2002 yilda maktabni tamomlab, oʻsha yili Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirdi. 2006-yilda bakalavr, 2011-yilda esa magistr darajasini oldi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2002–2006 – „Meridian“ eng yirik yoshlar gazetasi bosh muharriri.
  • 2010–2015 – „Sugʻdiyona“ ayollar gazetasi bosh muharriri.
  • 2017–2022 yillar – Oʻzbekistondagi eng yuqori reytingli „Sevimli TV“ [2] telekanali brendi yaratuvchisi va bosh prodyuseri, avval „Karavan TV“. 2017-yil 1-aprelda efirga uzatildi.
  • 2022 yil – „Qizil pomada“ loyihasi asoschisi.

Loyihalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Televizion loyihalar va teleseriallar prodyuseri[3].

Televizion ko'rsatuvlar prodyuseri:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Parvoz Zavqi“ (2011)
  • „Zirapcha“ [4] (2018)
  • „Qafasda“ (2021)
  • „Sen va men“ (2021)
  • „Bir kaft tuproq“ (2021)
  • "Mening qaynonam geniral" (2018)
  • "Bir kunlik to'y" (2019)
  • "Mahallada duv-duv gap" (2019)
  • "Sevimli kun" (2019)
  • "Ijaraga enaga" (2019)
  • "Xayrli oqshom" (2018)

Televizion seriallarlar prodyuseri:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • "Taqdirlar" (2018)
  • „Qadam“ (2020)
  • „Meni asra“ (2021)

Shahsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yilning kuzida Amira Rashidova tadbirkor Davlat Rashidovga turmushga chiqdi. Er-xotinning ikki oʻgʻli va bir qizi bor.

Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]

“Sevimli” telekanalidagi “Sabriya” milliy serialida behayo sahnalar efirga uzatilgani va bu tanqidlarga sabab bo‘lgani ortidan telekanal bosh prodyuseri bo'lgan Amira Rashidova ommaviy axborot vositalariga bayonot bilan chiqdi.

19-yanvarga kelib Mass-media fondi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ham serialni jiddiy tanqid ostiga oldi. U nafaqat behayo sahna, balki serialning butun mazmuni axloqsizlik va ayollarni yomonotliq ko‘rsatishga yo‘g‘rilganini ta’kidlab bayonot berdi.

Oradan ko'p vaqt o'tmay telekanal prodyuseri Amira Rashidova o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali ijtimoiy tarmoqlarda e’tirozlarga sabab bo‘layotgan “Sabriya” seriali bo‘yicha yozgan posti noto‘g‘ri talqin qilinayotganini ma’lum qildi.

A.Rashidovaning fikriga ko'ra, serialning bir epizodi bir qancha telegram kanallariga tarqatilgan, unda giyohvand yigit qizga tashlanmoqchi bo'lgani aks etgan. Ssenariyda tasvirlangan zo'ravonlik sahnasini rejissor odam vujudi, qon va jang sahnalarini ko'rsatmay suratga olgan. Zo'ravonliklarni ko'rsatmay, yomon insonlarning borligini yashirib yashaydigan davrda emasmiz deya fikr bildirgan. "Sabriya" serialidagi voqealar real hayotdagi insonlarning taqdiridan olingan[5].

Voqealar rivoji Amira Rashidovaning otasi Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov shaxsiyati bilan bog'lanib ketdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]