Amir Bahodir Yalangto‘sh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Amir Bahodir Yalangto‘sh“
Rejissyor(lar) Jahongir Ahmedov
Prodyuser(lar) Zafar Yuldashev
Ssenariynavis(lar) Hasan Toshxo‘jayev
Jahongir Ahmedov
Rollarda Habibullo Nizomov
Behzod Muhammadkarimov
Tohir Saidov
Elbek Fayziyev
Boir Xolmirzayev
Matyoqub Matchonov
Daulet Abdygaparov
Arina Isakova
Ozod Qayimov
Nozim Jumayev
Shaxrizoda Dilmurod qizi
Ilhom Sodiqov
Bastakor(lar) Doniyor Agzamov
Postanovkachi
rassom(lar)
Bahriddin Shamsuddinov
Studiya(lar) „Ezgu film“
Chiqarilgan sanasi 2024-yil
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Amir Bahodir Yalangtoʻsh“ – oʻzbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan tarixiy badiiy film. Film premerasi 2024-yilgi Navroʻz bayrami arafasida amalga oshirilishi reja qilingan. Suratga olish jarayonida xalqaro kaskadyorlar akademiyasi mukofoti – „Taurus“ga sazovor boʻlgan „Nomad Stanʼs“ jamoasi ishtirok etgan. „Nomad Stanʼs“ jamoasi undan avval 2023-yil Ridley Scott rejisyorligida suratga olingan Napaleon filmining suratga olish jarayonlarida qatnashgan[1][2][3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tashabbusi bilan Samarqand viloyat hokimligi hamda Kinematografiya agentligi hamkorligida „Ezgu film“ kinostudiyasida suratga olingan. Unda XVII asrda yashab oʻtgan Samarqand amiri Yalangtoʻsh Bahodir hayot va faoliyati aks ettirilgan[4][5].

Film rejisyori Jahongir Ahmedov kino qahramoni sifatida nima uchun Yalangtoʻsh Bahodir tanlaganiga quyidagi fikrlari orqali izoh berdi[6]:

Yalangtoʻsh Bahodir haqida maʼlumotlar juda kam. Samarqanddagi Registon maydonida Tilla qori va Sherdor madrasalarini qurdirganini ham ko‘pchilik bilmaydi. Tarix instituti bilan maslahatlashib, unga oid manbalarni izladik. Ssenariyni Hasan Toshxo‘jayev bilan bir yil hammualliflik qildik.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Bahodir Yalangto‘sh haqida film suratga olindi“ (en). zamon.uz. Qaraldi: 2024-yil 2-mart.
  2. „Mohir sarkarda Bahodir Yalangtoʻsh haqida film suratga olinadi“ (uz-Latn-UZ). https://yuz.uz. Qaraldi: 2024-yil 2-mart.
  3. „“Bahodir Yalangto‘sh” filmi treyleri e’lon qilindi — Toshkent Afishasi“ (uz-Latn). www.afisha.uz (2024-yil 19-fevral). Qaraldi: 2024-yil 2-mart.
  4. Bahodir Yalangto’sh (o‘zbek kino) treyler tez kunda Баҳодир Ялангтўш (ўзбек кино) трейлер тез кунда (inglizcha), qaraldi: 2024-03-02
  5. „Oʻzbekistonda afsonaviy Registonni yaratgan inson Bahodir Yalangtoʻsh haqida film suratga olindi“ (uz-Latn-UZ). https://yuz.uz. Qaraldi: 2024-yil 2-mart.
  6. uz, Daryo „Jakhongir Akhmedov makes film on life of Yalangtoʻsh Bahodir“ (en). Daryo.uz (2022-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 2-mart.