Amadu Ba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amadou Ba

Ba 2018-yilda
Senegal Bosh vaziri
Mansab davri
17-sentabr 2022-yil
Prezident Macky Sall
Oʻtmishdoshi Mahammed Dionne
Senegal tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
2019-yil aprel – 1-noyabr 2020-yil
Prezident Macky Sall
Bosh vazir Mohammed Dionne
Oʻtmishdoshi Sidiki Kaba
Vorisi Aissata Tall Sall
Moliya va iqtisodiyot vaziri
Mansab davri
2-sentabr 2013-yil – 2019-yil aprel
Prezident Macky Sall
Bosh vazir Aminata Touré
Mohammed Dionne
Oʻtmishdoshi Amadou Kane
Vorisi Abdoulaye Daouda Diallo
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 17-may 1961-yil
Dakar ,Senegal

Amadou Ba (1961-yil 17-mayda tugʻilgan) – ota-onasi gvineyalik boʻlgan senegallik siyosatchi. U 2022-yil 17-sentabrda Senegal bosh vaziri etib tayinlangan. 2019—2020-yillarda Senegal tashqi ishlar vaziri lavozimida foliyat yuritgan. 2013—2019-yillarda Moliya va iqtisodiyot vaziri boʻlgan.

U 2011[1], 2012 va 2013-yillarda New African jurnali tomonidan eng nufuzli 100 ta afrikaliklardan biri sifatida qayd etilgan[2].

Yoshligi va taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1980-yilda menejment boʻyicha texnik bakalavr darajasiga erishgan. 1988-yilda Milliy boshqaruv va magistratura maktabining (ENAM) iqtisod fanlari boʻyicha korporativ boshqaruv va soliqlar va mulklar boʻyicha chuqurlashtirilgan holda magistrlik darajasi diplomini olgan.

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amadou Ba 1989-yilda Diurbelda stajyor-inspektor boʻlgan. Keyin Dakardagi Soliq va mulk Bosh boshqarmasida (DGID) qoʻshilgan qiymat soligʻi birinchi boʻlimining bosh inspektori lavozimida ishlagan. 1991-yilda Parij va Baltimordagi xalqaro maʼmuriyat institutida qoʻshimcha malaka oshirgan[3].

1990-yildan 1992-yilgacha u Dakar-Plato boʻyicha bosh inspektor boʻlgan. Keyin 1994-yilgacha Sugʻurta direksiyasida sugʻurta boʻyicha nazorat komissari lavozimini egallagan, soʻngra tekshirish va fiskal tekshiruvlar direksiyasida tekshirish inspektori boʻlib ishlagan[3].

Bu lavozimlar bilan bir qatorda, Amadou Ba 1992-yilda ENAMda soliqlar va mulk boʻlimida va 1995-yildan 2000-yilgacha COFEB/BCEAO da dars bergan[3].

2013-yil 2-sentabrda Aminata Ture bosh vazir boʻlgach, Amadou Ba Amadu Keyn oʻrniga Moliya va Iqtisodiyot vaziri etib tayinlandi[3]. 2023-yil 9-sentabrda u Prezident Macky Sall tomonidan 2024-yilgi prezidentlik saylovlari uchun Benno Bokk Yakaar (BBY) koalitsiyasining nomzodi etib saylandi[4].

Boshqa lavozimlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amadou Ba uylangan va uch farzandi bor. [3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]